Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

Anton Chazov O‘zbekistondagi “Beeline”ning komplayens xizmatiga boshchilik qiladi

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 1 072           Дата: 2-10-2015, 17:04          
Anton Chazov O‘zbekistondagi  “Beeline”ning komplayens xizmatiga boshchilik qiladi

Eng yirik aloqa operatori “Beeline” Anton Chazov komplayens bo‘yicha rahbar lavozimiga tayinlanganligi haqida xabar beradi. Bu lavozimda Anton kompaniya tartiblarini takomillashtirish, shuningdek mavjud qonunchilikga rioya qilish va ishbilarmonlik obro‘sini qo‘riqlash masalalarini nazorat qiladi.

Voqeani sharhlar ekan, “Unitel” MChJ bosh direktori Dmitriy Shukov shunday dedi: “Beeline O‘zbekistonda doimo korporativ menejmentning yuqori darajasi, axborotning ochiq-oydinligi va hamkorlar bilan vijdonli o‘zaro munosabatlar bilan ajralib turar edi – bu esa respublikaning jo‘shqin rivojlanayotgan bozori va vaqt talablariga ko‘ra ochiq-oydinlik tarafiga qo‘yilgan yana bir qadamdir. Ishonaman, Antonning davlat xizmatida va yirik halqaro tashkilotlarda orttirgan malakasi biznes olib borishning oldi standartlariga muvaffaqiyatli o‘tishga yordam berishiga ishonaman”.

Komplayens bo‘yicha rahbarlik lavozimida Anton Chazov VimpelCom Ltd komplayens-strategiyasini kompaniya tartiblariga qo‘llashni amalga oshiradi, shuningdek ishbilarmonlik etikasi va “Beeline” kontragentlari va xodimlari orasida ahloq-tarbiya prinsiplariga rioya qilinishni nazorat qiladi.

“Ko‘p hollarda komplayens masalalariga katta e’tibor qaratgan ko‘p kompaniyalar, korporativ etika va poraxo‘rlikga qarshi kurash sohasida yuqori darajadagi mas’uliyatni qabul qiladilar. Ushbu yo‘nalishlarning muhimlik darajasini ko‘tarib, bizning hamkorlarimiz ham shu yo‘lni tanlashlariga umid qilamiz – chunki komplayens nafaqat biznes-jarayonlarning ochiq-oydinligi va samaradorligiga, balki umumiy bozordagi ishbilarmonlik muhitini takomillashtirishga qaratilgan. Natijada, obro‘ – bu kompaniyaning asosiy nomoddiy aktivlaridan biridir, va uni saqlab qolish esa mening kelgusidagi muhim vazifalarimdan biri deb hisoblayman”, – deydi Anton Chazov.

2000 yilda Anton Rossiya Federatsiyasi Bosh prokuraturasinig Sankt-Peterburg yuridik institutida oliy ma’lumotli bo‘lib, u yerda keyinchalik aspiranturani tamomlagan.

1997 yildan 2000 yilga qadar Anton Chazov Sankt-Peterburgning Petrodvortsoviy tumani prokuraturasining tergovchisi bo‘lib ishlagan. Keyin 2003 yilga qadar Amerika yuristlar Assotsiatsiyasiga (ABA/ROLI) o‘tgan, u yerda 10 yil ichida yuristdan Moskva filialining direktori o‘rinbosari lavozimigacha ko‘tarildi.

2013 yildan 2014 yilga qadar Anton “Jonsons&Jonsons” MChJda biznesni etika tomonidan yuritish bo‘yicha mutaxassis lavozimini egallab, halqaro, chet el va Rossiya antikorrupsion qonunchiligi talablari kompaniya xodimlari tomonidan rioya qilinishini nazorat qilgan.


Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar

Новости партнеров

Календарь новостей

«    Декабрь 2016    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031