Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

Yangi OLED va SUPER UHD televizorlar, shuningdek, audiotizimlar: Rossiyada LG Electronics’ning 2016-yilgi mahsulotlari taqdimoti bo‘lib o‘tdi

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 948           Дата: 4-04-2016, 18:18          
Moskvadagi Lotte mehmonxonasida 1-aprel kuni LG Electronics (LG) kompaniyasi 2016-yilgi texnika mahsulotlari namunalari taqdimotini o‘tkazdi.

Yangi OLED va SUPER UHD televizorlar, shuningdek, audiotizimlar: Rossiyada LG Electronics’ning 2016-yilgi mahsulotlari taqdimoti bo‘lib o‘tdi

Bular — shisha panelga ega yupqa 2,5 mm ekranli o‘ziga xos OLED televizorlar hamda diagonali 43—86 dyuym SUPER UHD va UHD televizorlar, shuningdek, yangilangan Full HD televizorlar qatoridir. Audio va video mahsulotlar saundbardlarning yangilangan qatori, yangi musiqiy tizim va simsiz portativ ustunga ega X-Boom DJ-effektli superquvvatli minitizim tomonidan namoyish etildi. LG texnikaning yangi qatorini ishlab chiqarish chog‘ida asosiy e’tiborni tasvir va tovushning yuqori sifati, foydalanishning qulayligi, simsiz texnologiya va bejirim dizaynga qaratdi. Aynan shu omillar LG mahsulotini elektronika va maishiy texnika segmentida yetakchilik qilishini ta’minlaydi.

Yangi OLED va SUPER UHD televizorlar, shuningdek, audiotizimlar: Rossiyada LG Electronics’ning 2016-yilgi mahsulotlari taqdimoti bo‘lib o‘tdi

LG’ning OLED va SUPER UHD televizorlari: tasvir sifati borasida yangi bosqich

LG keng iste’molchilar ommasi uchun OLED televizorlarni ishlab chiqaruvchi yagona kompaniyaligini yana bir bor tasdiqladi, u Rossiya bozorida yangi diagonali 55, 65 va 77 dyuym bo‘lgan tekis va qavariq ekranli OLED televizorlarni namoyish qildi. Shu yildan boshlab kompaniya o‘z e’tiborini to‘g‘ri ekranli modellarga qaratadi, portfoliosida faqatgina bitta qavariq ekranli modeli bor, bu iste’molchilarning qavariq ekranli televizorlarga ikkilamchi munosabat bildirayotganliklari bilan bog‘liq. OLED televizorlarning barcha modellari 8 million pikselning har birini alohida ta’minlovchi yuqori sifatli rangtasviri bilan ajralib turadi.

Yangi OLED va SUPER UHD televizorlar, shuningdek, audiotizimlar: Rossiyada LG Electronics’ning 2016-yilgi mahsulotlari taqdimoti bo‘lib o‘tdi

Endilikda OLED televizorlari 10 bitlik rang chuqurligiga ega kontentlarni ham aks ettira oladi, ya’ni, tomoshabin bundan buyon milliard xil palitrali ajoyib rang-barang tasvirlarni ko‘rishlari mumkin. LG’ning barcha OLED televizorlari eng zamonaviy HDR — Dolby Vision va HDR10 talablariga javob beradi, shu bilan birga Dolby Laboratories va UHD Alyansining muvofiqlik sertifikatlariga ega. Tasvir sifati va dizayniga qo‘shimcha ravishda LG’ning OLED televizorlari tovush borasida tan olingan ekspert — harman/kardon® bilan hamkorlikda ko‘p tarmoqli audiotizim bilan boyitilgan. Yangi modellar dinamikasi tomoshabinga yo‘naltirilgan ko‘p quvvatli saundbardning borligi bilan ajralib turadi, bu o‘z o‘rnida tovush tizimini maksimal darajada yaxshilaydi.

SUPERUHD 4K segmentida LG kompaniyasi IPS 4KQuantum modellarini namoyish qildi, ularning displeyi rangtasvirni yuqori aniqlikda yetkazib berishi va kengaytirilgan ranglar gammasi bilan ajralib turadi. Bu seriya modellari svetodiodning lyuminoforlar bilan qo‘llanilishi bois ranglarning yanada chuqurligi (milliard xilgacha) va tasvirning reallikka yaqinligi bilan diqqatga sazovordir. Ushbu seriyaning barcha modellari HDR10 va Dolby Vision ilg‘or texnikasiga ega, bu foydalanuvchilarga filmlarni aniq ranglar va keng kontrastli diapazonda, ya’ni, uni mualliflari tomonidan qanday olingan bo‘lsa, shundayligicha ko‘rish imkonini beradi.

LG televizorlarining ULTRA HD flagman modellari ham keng qamrovli ovozni yetkazib beruvchi ULTRA Surround System ko‘p tarmoqli tizimi hamda harman/kardon® kompaniyasi hamkorligida ishlab chiqilgan dinamikalar bilan boyitilgan.

LG kompaniyasining barcha OLED 4K va SUPER UHD televizorlari bu yil avvalgidek CINEMA 3D texnologiyasini quvvatlashlarini alohida ta’kidlandi.

LG 2016-yilgi televizorlarining hamma flagman modellari endilikda yanada qulay bo‘lgan mukammallashtirilgan webOS 3.0 operatsion tizimida xizmat ko‘rsatadi. Shuningdek, so‘nggi 5 yil davomida xaridorlarga manzur bo‘lib kelayotgan yangilangan Magic Remote pulti ham namoyish etildi.

LG’dan saundbarlar: keng ko‘lamli tovush nafis korpusda

LG kompaniyasi namoyish qilgan yangi saundbarlar minimallikka asoslangan dizayni va yuqori sifatli xomashyolarning ishlatilganligi bilan ajralib turadi. LG tomonidan ishlab chiqilgan ASC (tovushni adaptiv nazorat qilish) texnologiyasi tovush yetkazib berish sifatini yaxshilaydi, masalan, suhbat yoki yangiliklar dasturida ASC ovozga kristal aniqlik berish maqsadida baslar quvvatini kamaytiradi. LG AutoSoundEngine texnologiyasi tovush chastotalari balansini optimallashtiradi, bu maksimal darajadagi balandlikda ham tovush yetkazib berish sifatida nosozliklarga yo‘liqmaslikka imkon beradi. Endi foydalanuvchi o‘zining sevimli musiqasini Bluetooth yoki Wi-Fi orqali smartfon yohud planshetdan o‘tkazishi mumkin. Biriktirilgan Google Cast xizmati Youtube va Google Play hamda boshqa onlayn ilovalardan qo‘shiqlar va videolarni smartfondan saundbarga to‘g‘ridan to‘g‘ri uzatishi mumkin. Bu yilning barcha yangiliklari televizorga simsiz Bluetooth orqali biriktiriladi. Manbani avtomatik aniqlash funksiyasi smartfondan musiqani saundbar Bluetooth signalini topishi bilan uzata boshlash imkonini beradi.

LGdan yangi monitorlar va proyektorlar: sifatli tasvir va innovatsion texnologiyalar

LG Electronics’ning IT-qarorlari — 21:9 ekranli kinematogrofik formatga ega qavarilgan UltraWide monitorlari QHD’ga ijozat etilishi bilan hamda eng talabchan geymerlar va professionallar uchun UltraHD 4K imkonga ega IPS monitorlari bilan, shuningdek, ishlash uchun qulay ramkasiz Infinity displeyli IPS monitori namoyish qilindi.

Bundan tashqari, LG stendida uy kinoteatri uchun raqamli TV-tyuner biriktirilgan ultraqisqa fokusli LED proyektori namoyish etildi. Unga 100 dyuymlik tasvirni aks ettirish uchun ekrangacha atigi 38 sm masofa kerak bo‘ladi. Yorqin LED proyektor 120 dyuymli kinematografik tasvir sifatini ta’minlaydi.

LG’ning B2B qarori

Yangi OLED va SUPER UHD televizorlar, shuningdek, audiotizimlar: Rossiyada LG Electronics’ning 2016-yilgi mahsulotlari taqdimoti bo‘lib o‘tdi

LG professional displeyning yangi 86 o‘lchamli modelini namoyish qiladi, u ajoyib ko‘rinishga va tomonlar mutanosibligiga ega. Bu uning chakana savdoda, aeroportlar, vokzallar va boshqa transport markazlarida, shuningdek, muzeylarda, savdo va biznes markazlarida keng qo‘llanilishini ta’minlaydi. Tasvirning eng yuqori sifati, 4 tagacha turli tasvirlar ko‘rsatish imkoniyati, shu bilan birga kun-u tun doimiy tartibda xizmat ko‘rsatishi — mazkur displeyni biznes uchun eng yaxshi yechimga aylantiradi.

Reklama huquqi asosida

- deb xabar beradi Daryo nashri.


Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar

Новости партнеров

Календарь новостей

«    Декабрь 2016    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031