Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

Apple kompaniyaning 40 yilligi munosabati bilan shtab-kvartirasi uzra qaroqchilar bayrog‘ini osib qo‘ydi

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 351           Дата: 2-04-2016, 21:03          
Apple korporatsiyasining Kupertinodagi shtab-kvartirasiga kirish oldida bosh chanog‘i va suyaklar aks etgan bayroq osib qo‘yildi. Bu bayroqning paydo bo‘lishi 1-aprel kuni asos solinganining 40 yillik yubileyini nishonlagan kompaniya tarixi bilan bog‘liqdir, deb ma’lum qildi TJournal.

Apple kompaniyaning 40 yilligi munosabati bilan shtab-kvartirasi uzra qaroqchilar bayrog‘ini osib qo‘ydi

1-aprel hazillar kuni hisoblanishiga qaramay, Apple’ning aksiyasi real voqea bilan bog‘liq.

Apple kompaniyaning 40 yilligi munosabati bilan shtab-kvartirasi uzra qaroqchilar bayrog‘ini osib qo‘ydi

1983-yilda, Apple hali startap bo‘lganida, o‘sib borayotgan kompaniya byurokratiya domiga tushayotganini ko‘rgan Stiv Jobs undagi erkinlik ruhini saqlab qolishni istagandi. O‘sha paytda Macintosh loyihasi ustida ishlayotgan jamoaga boshchilik qilgan Jobs xodimlarni kompaniya ichidagi raqobatchi — Lisa bilan kurashga ruhlantirish maqsadida uch “maqol” o‘ylab topgandi:

- Haqiqiy san’atkorlar natijaga erishadi;

- Dengiz piyodalari safida bo‘lgandan ko‘ra qaroqchilar safiga qo‘shilgan ma’qul;

- 1986-yilda hajman kitobga teng Mac yaratiladi.

1983-yil avgustida Jobsning 80 kishilik jamoasi yangi manzilga ko‘chib o‘tganida, dasturchilar bu yerda o‘ziga xoslik yaratmoqchi bo‘lgan. Xodimlardan biri Stiv Kepps bir necha bo‘lak qora mato olib kelgan, dizayner Syuzan Ker esa unga oq bo‘yoq bilan “Quvnoq Rojers” tasvirini tushirgan. Bosh chanog‘ining ko‘zidagi bog‘ich Apple’ning o‘sha paytdagi logotipi — kamalakning barcha ranglaridagi olma shaklida chizilgan.

Dasturchilar tungi soatlarda bayroqni flagshtokka ilib qo‘ygan. U Jobsga ma’qul tushgan.

Bayroq bir-ikki oy mobaynida o‘sha yerda osilib turgan. Shundan so‘ng Lisa loyihasi xodimlarini uni o‘g‘irlab ketgan. Jobsning jamoasi bayroqni kuch bilan qaytargan, ammo bir yildan so‘ng u noma’lum sabablarga ko‘ra yo‘qolgan.

2014-yilda Syuzan Ker mashhur bayroqning bir qancha reproduksiyalarini yaratib, 2250–3250 dollar narxda sotgan edi. 2016-yil 1-aprelida shtab-kvartira oldidagi flagshtokda ilingan bayroq o‘shalardan biri ekanligi taxmin qilinmoqda.

- deb xabar beradi Daryo nashri.


Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar

Новости партнеров

Календарь новостей

«    Декабрь 2016    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031 

Мы Онлайн