Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

Ucell kompaniyasi “OLX.uz” bilan hamkorlikda yangi aksiya boshladi

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 1 329           Дата: 31-03-2016, 18:21          
Ucell kompaniyasi o‘z abonentlariga qulay takliflar, bonus va sovg‘alarni taqdim etish imkonini beruvchi hamkorlikning barcha ko‘rinishlarini olqishlaydi. Ucell mobil operatori “OLX.uz” e’lonlar taxtasi bilan yangi aksiya boshladi — aksiya doirasida Ucell’ning haqi oldindan to‘lanadigan xizmat ko‘rsatish tizimi abonentlari www.olx.uz sayti, saytning mobil versiyasi, shuningdek, OLX’ning Android va iOS uchun mo‘ljallangan mobil dasturlaridan bepul foydalanishi mumkin bo‘ladi.

Ucell kompaniyasi “OLX.uz” bilan hamkorlikda yangi aksiya boshladi

Eslatib o‘tamiz, OLX (avvalgi “Torg.uz”) — “WWW.uz” milliy qidiruv tizimining reytingi bo‘yicha O‘zbekistonning eng ommabop onlayn-servislaridan biri hisoblanadi. “Torg.uz” 2015-yilda OLX’ning — jahonning 40 dan ortiq mamlakatida bepul e’lonlar sohasida faoliyat olib borayotgan global onlayn-servisning bir qismiga aylandi. 2015-yil avgustidan 2016-yil fevraliga qadar OLX’ning tashrif buyuruvchilari soni 57 foizga o‘sib, AT Internet ma’lumotlariga ko‘ra, so‘nggi bir oyda 3,2 millionni tashkil etdi.

Agshin Gadjiyev, Ucell kompaniyasining Iste’molchilar segmenti direktori: “Bu OLX bilan hamkorlikda amalga oshirilayotgan ilk loyiha va, umid qilamizki, u muvaffaqiyatli bo‘ladi. Bu biz uchun nafaqat Ucell internet-xizmatlarining ommabopligini oshirish vositasi, balki yangi foydalanuvchilarni jalb etish imkoni hamdir. Abonentlarimizning hayotini qulay va oson qilishni istaymiz, shu sababli ham, ular qayerda bo‘lishlaridan qat’iy nazar, oldi-sotdi bilan bog‘liq axborotni almashish bo‘yicha zamonaviy vositadan foydalanish imkonini taqdim etyapmiz. OLX bilan hamkorlikda amalga oshirilayotgan promo-aksiya Ucell mahsulotlarini targ‘ib qilish bo‘yicha yangi nostandart kanallarni sinovdan o‘tkazish sifatida ham ko‘rilmoqda”.

“OLX.uz” kompaniyasi foydalanuvchilarni rag‘batlantirish maqsadida, aksiya o‘tkazilayotgan davrda e’lon joylashtirgan Ucell abonentlarining OLX hisobiga 3000 so‘m tushiradi. Bir oy davomida uchtadan ortiq e’lon joylashtirgan faol foydalanuvchi iPhone 6s smartfoni yoki Ucell’ning 30 ta GSM bonuslaridan birini yutib olish imkonini beruvchi sovrinli o‘yin ishtirokchisiga aylanadi.

“Bizning ‘OLX.uz’ xizmatimizga bepul kirish Ucell’ning millionlab abonentlariga olx.uz bilan tanishish, internetga pul sarflamasdan hamda o‘zi va yaqinlari uchun foydali ko‘rinishda mahsulotlarni sotish va sotib olish, zarur xizmat va ish o‘rinlarini topish imkoniyatlarini ochadi, — deydi OLX Uzbekistan’ning bosh direktori Vyacheslav Kan. — Bu nafaqat bizning kompaniyamiz, balki butun O‘zbekistondagi elektron tijorat uchun muhim bir hodisa bo‘lib, bunda mamlakatimizning aksariyat aholisi, ayniqsa, Toshkentdan tashqarida istiqomat qiluvchilar zamonaviy internet-xizmatlardan foydalanishi va internet orqali samara ko‘rishi mumkin bo‘ladi”.

Sovrinli o‘yin 2016-yilning iyun oyi oxiriga qadar har oy o‘tkaziladi. Aksiya tafsilotlari bilan http://ucell.olx.uz/ sahifasida tanishish mumkin.

Reklama huquqi asosida

- deb xabar beradi Daryo nashri.


Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar

Новости партнеров

Календарь новостей

«    Декабрь 2016    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031 

Мы Онлайн