Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

USENET 2016: sayt ishga tushdi, ma’ruzachilar aniqlandi

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 293           Дата: 30-03-2016, 15:41          
Tashkiliy qo‘mita konferensiya ma’ruzachilarining dastlabki ro‘yxatini ma’lum qildi.

USENET 2016: sayt ishga tushdi, ma’ruzachilar aniqlandi

2016-yilgi USENET konferensiyasida 6 mamlakat: O‘zbekiston, Qozog‘iston, Rossiya, Ukraina, Ozarbayjon va Belarus vakillari ishtirok etadi.

Tadbirda “Mail.ru”, “Yandeks”, Google, “Odnoklassniki”, Adriver, TNS, Dentsu Aegis Network, Allbiz, Safaroff Agency kompaniyalari ekspertlarining chiqishlari kutilmoqda.

SMM sohasi eksperti — Damir Xalilov hamda Rossiya internet-reklama gurusi – Sergey Spivak konferensiyaning maxsus mehmonlari sifatida qatnashadi. Sergey Spivak 22-aprel kuni tadbirkorlar uchun yopiq seminarda ham ma’ruza o‘qiydi.

Digital sohasining yetakchi tashkilot va mutaxassislari hisoblangan Ledokol Group, “Brand.uz”, “Olx.uz”, “Kassa.uz”, “Arba.uz”, “Uybor.uz”, UZINFOCOM, Web Now va “Kun.uz” O‘zbekiston nomidan ishtirok etadi.

Konferensiyada qatnashish bepul. Kirish qat’iy taklifnoma asosida amalga oshiriladi. Ishtirok etish uchun konferensiya saytida ariza bilan murojaat etish lozim. Biznes rahbarlari, marketing bo‘yicha mutaxassislar, reklama agentliklari hamda tegishli maxsus o‘quv yurtlari talabalarining konferensiyada ishtirok etish imkoniyatlari yuqoriroq.

Konferensiya 20-aprel kuni International Hotel Tashkent (sobiq Intercontinental) mehmonxonasida bo‘lib o‘tadi.

Tashkilotchi — Ledokol Group, bosh axborot hamkori — Mail.ru Group, strategik hamkor — UZINFOCOM kompyuter va axborot texnologiyalarini rivojlantirish va joriy etish markazi, reklama bo‘yicha hamkor — Re Expo, event-hamkor — Unique Present, media hamkor — Public Media. Tadbir Toshkent Reklama assotsiatsiyasi homiyligida o‘tkazilmoqda.

Reklama huquqi asosida. “Daryo” ushbu tadbirning axborot hamkori hisoblanadi

- deb xabar beradi Daryo nashri.


Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar

Новости партнеров

Календарь новостей

«    Декабрь 2016    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031