Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

Mail.Ru Group mobil dasturlarini TAS-IX hududida yuqori tezlikda va trafikni yo‘qotmasdan bepul ko‘chirib oling!

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 1 122           Дата: 25-03-2016, 12:14          
O‘zbekiston IT-texnologiyalar bozorida 2016-yil 25-mart kuni haqiqatan-da muhim voqea sodir bo‘ldi — endi o‘zbekistonlik foydalanuvchilar Mail.Ru Group’ning mobil dasturlari va mobil o‘yinlarini TAS-IX hududida bemalol ko‘chirib olish mumkin. “Odnoklassniki”dan tortib, millionlar o‘yiniga aylangan “RayotZon”gacha bo‘lgan ijtimoiy va o‘yinli mobil dasturlarni kafolatlangan yuqori tezlikda va trafikni yo‘qotmasdan bepul yuklab olish imkoni bor.

Mail.Ru Group mobil dasturlarini TAS-IX hududida yuqori tezlikda va trafikni yo‘qotmasdan bepul ko‘chirib oling!

Bu natijaga mobil dastur ishlab chiqarishga ixtisoslashgan noshirlar orasida Rossiya bozorida yetakchi hisoblangan Mail.Ru Group (App Annie ma’lumotiga ko‘ra) va O‘zbekistonning mobil dasturlar bilan savdo qilishga ixtisoslashgan AndroidBozor platformasi o‘rtasida shu yilning yanvar oyida Rossiya internet-gigantining bosh qarorgohida olib borilgan muzokaralar yakuniga ko‘ra erishildi.

AndroidBozor — O‘zbekistondagi hali juda yosh, biroq kuch va g‘ayratga to‘la, rivojlanishda davom etayotgan startap-loyihadir. Ushbu kelishuv sharofati bilan O‘zbekistondagi savdo platformasi yirik brend bilan hamkorlik o‘rnatdi, bu esa mazkur loyihaning yaqin vaqt ichida rivojlanishiga, shubhasiz, ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. O‘z navbatida, loyiha doirasida Rossiya kompaniyasi o‘z mahsulotlarini O‘zbekistonning ko‘p millionlik foydalanuvchilari uchun yanada osonroq taqdim etish vazifasini yetarli darajada samarali hal qiladi.

Mail.Ru Group mobil dasturlarini TAS-IX hududida yuqori tezlikda va trafikni yo‘qotmasdan bepul ko‘chirib oling!

Hozirgi vaqtda www.androidbozor.uz saytiga “Pochta Mail.ru”, “Odnoklassniki”, ICQ, “Novosti Mail.ru”, “Munajjimlar bashorati” kabi mobil dasturlar, shuningdek, o‘nlab o‘yin loyihalari (Might and Glory, Iron Desert, Jungle Heat, “Evolyutsiya: Bitva za Utopiyu”, “Erudit”, “Jaggernaut: Mest Suveringa”, Lucky Fields, “Legenda. Naslediye drakonov”, Poker Arena, Riot Zone) joylashtirilgan.

Butun dunyo bo‘ylab mobil qurilmalarning millionlab foydalanuvchilari o‘zi uchun Mail.Ru Group’ning mobil o‘yinlari va mobil qurilmalarini tanladi! Siz ham ular safiga qo‘shiling! Eng yaxshi o‘yinlarni o‘ynang, do‘stlaringiz bilan muloqot qiling, o‘z taassurotlaringiz bilan o‘rtoqlashing va yangiliklardan birinchi bo‘lib boxabar bo‘ling!

Mail.Ru Group mobil dasturlarini TAS-IX hududida yuqori tezlikda va trafikni yo‘qotmasdan bepul ko‘chirib oling!

Umumiy ma’lumotlar

Mail.Ru Group — Yevropadagi eng yirik internet-kompaniyalardan biri bo‘lib, bir foydalanuvchi sarflayotgan daqiqalarning o‘rtacha miqdori bo‘yicha jahonda birinchi o‘rinda turadi.

Communitaintment strategiyasi doirasida Mail.Ru Group muloqot va ko‘ngilochar internet-servislarining yagona integratsiyalashgan platformasini rivojlantirmoqda. Kompaniya yetakchi pochta servisiga, Runetdagi eng yirik portallardan biriga, rusiyzabon eng katta ijtimoiy tarmoqlar — “VKontakte”, “Odnoklassniki” va “Moy Mir”ga, Rossiya va MDHdagi ommabop messenjer — “Agent Mail.Ru” va ICQ’ga, shuningdek, eng yirik onlayn-o‘yinlar to‘plamiga egalik qiladi.

Bundan tashqari, Rossiya, Ukraina va Isroildagi bir qator internet-kompaniyalarda Mail.Ru Group’ning minoritar ulushi bor, shuningdek, kompaniya Qiwi’ning aksiyalar paketini (1,31 foiz) ham qo‘lga kiritgan.

Mail.Ru Group Rossiyada IT sohasidagi ta’limni rivojlantirish yo‘nalishida tizimli ish olib bormoqda. Kompaniya har yili dasturchilar uchun Russian Code Cup xalqaro olimpiadasi, Texnologiyalar Forumini o‘tkazadi, oliy ta’lim muassasalarining kafedralari bilan faol hamkorlik qiladi. 2013 yilning noyabrida kompaniya “My.com” startapini ishga tushirdi. “My.com”ni rivojlantirish bo‘yicha communitainment strategiyasiga ko‘ra, xalqaro auditoriya uchun muloqot va ko‘ngilochar internet-servislarining integratsiyalashgan platformasi tashkil etilmoqda. 2015 yildan IT-mutaxassislarni rivojlantirish va ularga ta’lim berishga yo‘naltirilgan barcha loyihalar “IT.Mail.Ru” servisiga birlashtirilgan.

- deb xabar beradi Daryo nashri.


Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar

Новости партнеров

Календарь новостей

«    Декабрь 2016    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031