Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

“Mobil anons” — Ucell kompaniyasidan biznes uchun yangi xizmat!

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 406           Дата: 24-03-2016, 18:20          
Abonentlar va korporativ mijozlarning salmoqli bazasiga ega bo‘lgan Ucell yangi mobil xizmatlarni faol joriy qilmoqda hamda biznesning ikki segmenti — yuridik va jismoniy shaxslarning o‘sishiga yordam bermoqda. Kompaniyaning navbatdagi taklifi — “Mobil anons” biznes va iste’molchi o‘rtasida aloqa o‘rnatish, biznesni kengaytirish hamda turli ishlab chiqaruvchilarning mahsulotlarini targ‘ib qilishga mo‘ljallangan.

“Mobil anons” — Ucell kompaniyasidan biznes uchun yangi xizmat!

Ucell’dan yangi xizmat — “Mobil anons” tovarlar va xizmatlar haqida ma’lumotnoma xabarlarni SMS orqali tarqatish imkoniyatini yaratadi.

Xizmat kompaniyalarga oqilona reklama budjeti hisobiga yangi mijozlarni zarur bo‘lgan miqdorda savdo nuqtalari, xizmat ko‘rsatish ofislari va veb-saytlarga samarador jalb qilish imkonini beradi. Bundan tashqari, xizmat potensial mijozlarni yangi tovarlar, chegirmalar va xaridlar haqida boxabar qilishda tengsizdir. SMS orqali xabar yo‘llash uchun zarur guruhni saralab olish hamda olib borilgan kampaniyalar yakunlariga ko‘ra mufassal hisobotni ko‘rib chiqish imkoniyati mavjud. Shu bilan birga, axborot SMS’larini faqatgina ushbu xizmatga ulangan mijozlar oladi. Obunadan so‘ng abonentlar eng manfaatli takliflar hamda sevimli brendlarining eng yangi tovarlari haqidagi ma’lumotni o‘tkazib yubormaydi. Asosiysi, har bir o‘qilgan SMS uchun abonentlar Ucell’dan manfaatli bonuslar oladi, bu bilan xizmat bozorning barcha ishtirokchilariga manfaat keltiradi.

Ucell kompaniyasi iste’molchilik segmenti direktori Agshin Gajiyev bu borada izoh berdi: “Xizmatni ishlab chiqish boshlanishidan oldin korporativ mijozlar hamda jismoniy shaxslar bo‘lmish abonentlar ehtiyojlarining to‘liq tahlili o‘tkazildi. Tovarlarni bozorda samarador targ‘ib qilish masalalarining dolzarbligini inobatga olgan holda, Ucell kompaniyasi tomonidan ‘Mobil anons’ xizmati taklif qilindi. Xizmatning ustun jihatlari sifatida abonentlarni mo‘ljallash parametrlari borasidagi keng tanlovni aytib o‘tish mumkin, bu obunachilar bazalarini manfaatdor kompaniyalarga zarur kriteriylar bo‘yicha mukammal segmentlashga yordam beradi. Shuningdek, bitta aloqaning narxi boshqa an’anaviy reklama tashuvchilarga nisbatan ancha arzondir”.

Bugungi kunga kelib axborot texnologiyalari, xususan, mobil aloqa biznesni rivojlantirishning lokomotiviga aylandi. Omadli kompaniyalar internet va mobil aloqani xarajatlarni qisqartirishda, mijozlar bazasini kengaytirishda mamnuniyat bilan qo‘llaydi. Ishbilarmon insonlar mobil aloqa kompaniyalari taklif qilayotgan yangiliklarni har doim iliq kutib oladi, negaki ular vaqtni tejash, sheriklar bilan masalalarni tezkor hal qilishga yordam beradi. Shu bilan bog‘liq ravishda, kompaniyaning “Mobil anons” xizmati mahalliy biznesning samarador shaklda axborot tarqatishi, o‘z tovar va xizmatlarini targ‘ib qilishi va sotishida bevosita ko‘mak bo‘ladi.

Reklama huquqi asosida

- deb xabar beradi Daryo nashri.


Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar

Новости партнеров

Календарь новостей

«    Декабрь 2016    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031 

Мы Онлайн