Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

“Uybor.uz” saytidagi qulayliklar yanada mukammallashdi

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 1 401           Дата: 23-03-2016, 09:36          
Ko‘chmas mulkka ixtisoslashgan “Uybor.uz” sayti yanada qulaylashdi — izlash avvalgidan ham osonlashdi, e’lonni qo‘shish mukammallashdi, saytning dizayni esa yanada zamonaviy ko‘rinish oldi.

“Uybor.uz” saytidagi qulayliklar yanada mukammallashdi

Ko‘pchilik “Uybor.uz” saytidagi foydalanuvchi uchun mo‘ljallangan ustunliklardan xabardor — saytdan foydalanish bepul, u tez ishlaydi va yangilanadi, unda e’lonlar to‘liq, batafsil va ko‘pincha suratlari bilan taqdim etiladi. Bu qulayliklar nafaqat e’lonlarni ko‘rish, balki joylashtirishga ham taalluqli.

Bundan tashqari, “Uybor.uz”dagi “Kvartiralarni baholash” vositasi yordamida sotmoqchi yoki sotib olmoqchi bo‘layotgan xonadoningizni o‘rtacha haqiqiy bozor narxini bilib olishingiz, uy yoki ofis oldi-sotdisi va ijarasi bilan bog‘liq yugur-yugurlarga toqatingiz bo‘lmasa, rieltorlar bazasidagi foydalanuvchilar tomonidan tuzilgan haqqoniy reytingga asoslanib, yordamchi agentni yollashingiz mumkin.

“Uybor.uz” saytidagi qulayliklar yanada mukammallashdi

“Uybor.uz” xodimlari uy-joy va ofis sotib olish va sotish, ijaraga olish va berish bo‘yicha o‘z foydalanuvchilariga taqdim etilayotgan xizmatlarni mukammallashtirish yo‘lida tinimsiz ish olib bormoqda. Xususan, saytdagi izlash yanada qulay ko‘rinish oldi — avvalgidan farqli ravishda, endi sotib olish yoki ijaraga olish uchun inshoot qidirayotganingizda o‘zingiz uchun ma’qul tuman, mavze, metro bekatlarini, shuningdek, xonalar soni va kvartira joylashgan qavat kabi parametrlarni bir vaqtning o‘zida bir necha xil variantda tanlashingiz mumkin.

“Uybor.uz” saytidagi qulayliklar yanada mukammallashdi

Endi “Uybor.uz”ning bosh sahifasidayoq Sizni kengaytirilgan qidiruv kutib oladi va, eng muhimi, u o‘zining soddaligi bilan e’tiborga molik. Qidiruv formasida Sizga kerakli xonadon maydoni (yoki xonalar soni), tuman yoki metro bekatiga qarab joylashgan joyi, bino qurilishida ishlatilgan asosiy material (g‘ishtli, panelli va h.k.), joylashgan qavati, narxi, ahvoli (Yevropa uslubida ta’mirlangan yoki ta’mirtalab va h.k.) kabi ko‘rsatkichlarni osonlik bilan tanlashingiz mumkin.

“Uybor.uz” saytidagi qulayliklar yanada mukammallashdi

“Uybor.uz”ga e’lon joylashltirmoqchi bo‘lgan foydalanuvchilar uchun esa yanada mukammalroq yechimlar tayyorlandi. Masalan, endi sotuvchi maqomidagi “Uybor.uz” foydalanuvchisi ijara muddatini kunlar yoki uzoqroq muddat bo‘yicha belgilashi, sotilayotgan kvartira narxini esa kvadrat metri uchun ko‘rsatishi, xaridor e’tiboriga havola qilinayotgan obyektni xaritaga yaqqol ko‘rinadigan qilib joylashtirishi mumkin. Shuningdek, e’lon qo‘shish sahifasida foydalanuvchi uchun vaqt va bozor sinovidan o‘tgan qimmatli maslahatlar ham beriladi.

Albatta, “Uybor.uz”ning imkoniyatlari birgina sayt bilan cheklanib qolmaydi. Saytga e’lonlarni Android va iOS operatsion tizimlari uchun mo‘ljallangan maxsus mobil dastur orqali joylashtirish mumkin, xaridorni qiziqtirgan yo‘nalish (masalan, Yunusobodda ijaraga berilayotgan bir xonali kvartiralar narxi) bo‘yicha eng yangi e’lonlardan, bu e’lonlar saytga joylashtirilishi bilan, Telegram vositasida @uybor_bot orqali boxabar bo‘lish mumkin.

Reklama huquqi asosida

- deb xabar beradi Daryo nashri.


Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar

Новости партнеров

Календарь новостей

«    Декабрь 2016    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031 

Мы Онлайн