Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

Haier Navro‘z sharafiga super sovrinlar yutib olish imkoniyatini taqdim etadi

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 590           Дата: 19-03-2016, 15:18          
Haier Uzbekistan kompaniyasi bahor ayyomi — Navro‘z sharafiga mega-o‘yin o‘tkazib, super sovrinlar yutib olish imkoniyatini taqdim etmoqda.

Haier Navro‘z sharafiga super sovrinlar yutib olish imkoniyatini taqdim etadi

Uch kun davom etadigan va olti topishmoqdan iborat topshiriqlarni to‘liq bajargan g‘oliblar Haier Uzbekistan kompaniya tomonidan LED televizor, split tizimli xona konditsioneri va yuqori quvvatli suv isitgich kabi sovg‘alarga ega bo‘ladi.

Navro‘z bayrami munosabati bilan o‘tkazilayotgan ushbu tadbirda har bir ishtirokchi super sovg‘a yutib olish imkoniyatiga ega bo‘ladi.

1-o‘rinni egallagan ishtirokchi 42 dyuymli LED televizor, 2-o‘rinni egallagan qatnashchi split tizimli xona konditsioneri va 3-o‘rin sovrindori hajmi 50 litr bo‘lgan yuqori quvvatli suv isitgichini qo‘lga kiritadi.

Sovrinli o‘yinda qatnashish uchun ishtirokchi Facebook ijtimoiy tarmog‘iga kirib, Haier Uzbekistan sahifasida e’lon qilingan “Aksiya sharhlari” bandida “Men tayyorman!” deb izoh qoldirish kerak.

Shundan so‘ng ishtirokchi qoldirgan izohini o‘z sahifasida do‘stlari bilan bo‘lishishi shart. Keyingi shart — 19-martdan 21-martgacha Haier Uzbekistan’ning rasmiy sahifasida e’lon qilinadi.

Shartlar boshqotirmalardan iborat bo‘lib, ularga birinchilardan bo‘lib to‘g‘ri javob berish lozim. Birinchi to‘g‘ri javobni bergan ishtirokchi 3 ballni qo‘lga kiritadi, to‘g‘ri javobni ikkinchi bo‘lib topgan ishtirokchi esa 2 ball va uchinchi bo‘lib to‘g‘ri javob bergan ishtirokchi 1 ballga ega bo‘ladi.

Yakuniy hisob-kitoblardan so‘ng, eng ko‘p ball to‘plagan uch nafar ishtirokchi 21-mart kuni aniqlanadi va ularga tantanali ravishda sovg‘alar topshiriladi.

Haier Uzbekistan taqdim etgan mega-o‘yinda qatnashing va o‘z omadingizni sinab ko‘ring! Balki, aynan Siz Haier sovg‘alaridan birining omadli sohibiga aylanarsiz!

Haier haqida qisqacha ma’lumot

  • Yevropa, Shimoliy Amerika, Osiyo, Yaqin Sharq va Afrikada joylashgan 24 ishlab chiqarish va shu’ba korxonalariga ega bo‘lgan yirik shirkat;
  • Haier dunyoning 160 mamlakatida mavjud;
  • Shirkatning jahon chakana savdosidagi ulushi 10 foizdan ortiq;
  • 15 mingdan ortiq va turli rusumdagi LED televizorlar, muzlatgichlar, xona konditsionerlari, suv isitgichlar, mobil telefonlar, noutbuklar, kir va idish yuvish mashinalari va boshqa turli-tuman elektr mahsulotlarni ishlab chiqaruvchi shirkat;
  • Euromonitor ekspertlarining tadqiqotlariga ko‘ra, jahonda savdo hajmini yilma-yil oshirib borayotgan va so‘nggi 7 yildan buyon birinchi o‘rinni egallab kelayotgan shirkat;
  • 14 000 ta patent, jumladan, 4 500 tadan ortiq innovatsion ixtirolarga ega bo‘lgan shirkat.

Haier mahsulotlarini qayerdan sotib olsa bo‘ladi?

Haier Uzbekistan — shirkatning O‘zbekistondagi rasmiy distribyutori bo‘lib, uning mahsulotlarini Toshkent shahridagi “Malika”, “Abu Saxiy” savdo majmualarida va Technomart do‘konlarida xarid qilish mumkin.

O‘zbekistonning deyarli barcha viloyatlarida shirkatning rasmiy xizmat ko‘rsatish shoxobchalari mavjud bo‘lib, ular har qanday kafolatli servis xizmatini o‘z vaqtida amalga oshiradi.

Reklama huquqi asosida. Mahsulot sertifikatlangan

- deb xabar beradi Daryo nashri.


Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar

Новости партнеров

Календарь новостей

«    Декабрь 2016    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031 

Мы Онлайн