Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

Olimlar kishilarning “telefon giyohvandligi”ga chalinishi sabablarini ma’lum qildi

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 451           Дата: 18-03-2016, 15:21          
Telefon giyohvandligi — qurilma ekraniga doimiy ravishda tikilishga intilish va buning iloji bo‘lmaganida noqulaylik his qilish — XXI asrning keng tarqalgan kasalligi, deb yozadi “Hi-tech.mail.ru”. Amerikalik psixologlar ushbu kasallikning paydo bo‘lish sabablari va uning o‘ziga xos belgilari haqida gapirib berdi.

Olimlar kishilarning “telefon giyohvandligi”ga chalinishi sabablarini ma’lum qildi

Telefonga o‘ta darajada bog‘lanib qolish yoki telefon giyohvandligidan azob chekuvchi kishilarda o‘z-o‘zini nazorat qilish darajasi jiddiy ravishda pasayib ketgan yoki umuman yo‘q bo‘ladi. Ular o‘z istaklarini boshqara olmaydi, shu sababli telefon ekraniga qaramasdan bir daqiqani ham o‘tkaza olmaydi.

Filadelfiyaning Templ universiteti olimi Genri Uilmer ta’kidlashicha, gadjetlarga bog‘liqlik vaqtinchalik huzur-halovat yoki mukofot olish istagi emas, balki g‘ayriixtiyoriy xatti-harakat oqibati hisoblanadi. Olim, shuningdek, o‘z gadjetlariga bog‘lanib qolgan kishilar ko‘pincha sabrsiz va o‘ta impulsiv bo‘lishini ta’kidladi.

Genri Uilmer o‘z hamkasbi Jeyson Cheyn bilan hamkorlikda 90 nafar talaba va aspirantdan tashkil topgan guruhni kuzatdi. Ko‘ngillilardan uzun so‘rovnomalarni to‘ldirish so‘raldi, ularga zehnni tekshiruvchi savollar va topshiriqlar kiritilgan edi. Bundan tashqari, ularga hozirning o‘zida bir necha dollarga yoki bir kun, oy yoki yildan so‘ng ming dollarga ega bo‘lishdan birini tanlash sharti ham qo‘yildi.

Eksperiment yakunlarini tahlil qilib, olimlar telefonga bog‘liqlik giyohvandlikka o‘xshash holat emasligini aniqladi. Olimlarni ko‘ngillilarning tanlovi emas, balki ular qaror qabul qilish uchun qancha vaqt sarflagani qiziqtirib qo‘ydi.

Sarflangan vaqt va so‘ralganlardan har biri telefondan qanchalik darajada foydalanganligini taqqoslagan holda, olimlar qonuniylikni aniqladi va bog‘liqlik yuzaga kelishiga sabab bo‘lgan narsa nima ekanligini — o‘z o‘zini nazorat qilishning yo‘qligi va sabrsizlikmi yoki huzur-halovatga tez erishish istagimi — topdi.

Sabrsizlik g‘olib chiqdi. Mutaxassislar ushbu tadqiqot natijalari boshqa psixologlarga gadjetlarning inson ruhiyatiga ta’siriga qarshi kurashish kerakmi yoki sabrsizlik va o‘z o‘zini nazorat qilishning yo‘qligi oqibatini emas, balki sababini bartaraf etish kerakmi, degan savolga javob topishda yordam berishiga umid qilmoqda.

- deb xabar beradi Daryo nashri.


Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar

Новости партнеров

Календарь новостей

«    Декабрь 2016    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031