Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

“Camera.uz”: Sifati xalqaro darajada tan olingan kuzatuv kameralari va videoregistratorlar

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 1 359           Дата: 17-03-2016, 18:06          
“Xavfsizlik — eng muhimi!”, degan ta’kidni ko‘p bora eshitganmiz, biroq o‘zimizning, yaqinlarimizning xavfsizligi, mol-mulkimizning daxlsizligi haqidagi qanchalik ko‘p va yetarli darajada qayg‘uramiz? Balki vaziyatni izchil nazorat ostiga olish vaqti kelgandir? Bu masalada videokuzatuv moslamalari va tizimlari ishonchli yordamchiga aylanadi.

“Camera.uz”: Sifati xalqaro darajada tan olingan kuzatuv kameralari va videoregistratorlar

Aynan videokuzatuv tizimlari huquqbuzarlik holatlarini vaqtida aniqlash, ular haqida ogohlantirish yoki oldini olish imkonini beradi. Banklar va supermarketlar, omborlar, qurilish maydonlari, avtoturargohlar, mehmonxonalar, xonadonlar va dala-hovlilar, avtomobillar va qurilish mashinalariga o‘rnatilgan kuzatuv moslamalari yordamida o‘g‘riliklar fosh etiladi, o‘g‘irlangan mashinalar topiladi, kadrlar va ishlab chiqarish bilan bog‘liq bahsli vaziyatlar ijobiy hal etiladi.

O‘zbekiston bozorida 2006-yildan beri faoliyat olib borayotgan “Camera.uz” xolis guvoh vazifasini sidqidildan bajaruvchi kuzatuv kameralarini o‘rnatish, bunday vositalarni sozlash va ularga xizmat ko‘rsatish bo‘yicha yetakchi kompaniyalardan biri hisoblanadi. O‘tgan davr mobaynida “Camera.uz” mamlakat bo‘ylab 10 000 dan ortiq obyektlarga kuzatuv kameralarini o‘rnatdi.

“Camera.uz”: Sifati xalqaro darajada tan olingan kuzatuv kameralari va videoregistratorlar

Kompaniyaning videokuzatuv tizimlari bilan ishlashda katta tajribaga ega mutaxassislari videokuzatuv moslamalari — HDCVI kamera, IP kamera, aylanuvchi kameralar, videoregistratorlar, domofonlar o‘rnatish, optik tola yotqizish bilan bog‘liq jarayonlarni to‘liq loyihalashtirishdan amalga oshirishgacha bo‘lgan barcha murakkab ishlarni yuqori darajada bajara oladi.

Bundan tashqari, kompaniya xodimlari mijoz ko‘rsatgan obyekt uchun qanday kamera mos kelishi va qanday tizimni sotib olish kerakligi haqida tegishli tavsiyalarni taqdim etadi, uskunalarning o‘xshash va bir-biridan farqli tomonlari, ustunliklari va imkoniyatlari haqida to‘liq tushuntirish beradi.

“Camera.uz”: Sifati xalqaro darajada tan olingan kuzatuv kameralari va videoregistratorlar

“Camera.uz” videokuzatuv sohasidagi ilg‘or yechimlarni yetkazib berish bo‘yicha jahon yetakchilaridan biri hisoblangan Dahua Technology’ning yuqori sifatli FULL HD-HDCVI kameralari, domofonlari va boshqa kuzatuv mahsulotlarini sotish bo‘yicha O‘zbekistondagi rasmiy vakil hisoblanadi. Dahua Technology’ning tungi ko‘rsatish kameralari kadrlarining nisbatan yorqinligi, rang ajratish sifati yuqori ekanligi bilan ajralib tursa, kompaniya IP domofonlarini so‘nggi rusumdagi IP kameralar bilan bog‘lab, har ikkisidan bir vaqtning o‘zida foydalanish mumkin.

E’tiborli tomoni, IP domofonlarni nafaqat uyda, balki ishda yoki safarda bo‘lganingizda ham uyali telefon yoki planshet yordamida boshqarishingiz, gaplashishingiz va eshikni ochishishingiz mumkin. Obyektga o‘rnatilgan IP va HDCVI kameralar uzatayotgan ma’lumotni esa smartfon yoki planshet vositasida dunyoning istalgan nuqtasidan turib ko‘ra olasiz.

“Camera.uz”: Sifati xalqaro darajada tan olingan kuzatuv kameralari va videoregistratorlar

Hozirda “Camera.uz” kompaniyasi tomonidan chegirmalar aksiyasi o‘tkazilmoqda. Mazkur aksiya doirasida 4 ta 3.5 megapikselli kamera va 1 ta NVR videoregistrator tizimini 2 250 000 so‘mdan, 4 ta HDCVI kamera va 1 ta HDCVR videoregistrator tizimini esa 1 050 000 so‘mdan xarid qilish imkoni bor. “Camera.uz” tomonidan taklif qilinayotgan mahsulotlarning to‘liq ro‘yxati bilan kompaniya saytida tanishish mumkin. Kompaniya yangi mijozlariga bir yil davomida bepul kafolat xizmatini ko‘rsatadi.

O‘zingiz, yaqinlaringiz va mol-mulkingiz xavfsizligini ta’minlash masalasiga befarq bo‘lmang — professionallarga ishonch bildirib, tinch va xotirjam hayot kechiring!

Ma’lumot uchun

Telefon: (+99871) 277-50-00 / (+99894) 644-44-46
Veb-sayt: www.camera.uz

Reklama huquqi asosida

- deb xabar beradi Daryo nashri.


Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar

Новости партнеров

Календарь новостей

«    Декабрь 2016    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031 

Мы Онлайн