Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

Apple kompaniyasi gadjetlarni to‘g‘ri zaryadlash qoidalarini oshkor qildi

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 307           Дата: 15-03-2016, 06:29          
Akkumulyator “umri”ni uzaytirish va qurilmaning ishlash vaqtini ko‘paytirish bo‘yicha ko‘plab miflar mavjud. Apple ushbu mavzuga to‘xtalib, o‘z rasmiy saytida gadjetlarni to‘g‘ri zaryad oldirish haqidagi maslahatlari bilan bo‘lishdi, deb yozadi “Hi-tech.mail.ru”.

Apple kompaniyasi gadjetlarni to‘g‘ri zaryadlash qoidalarini oshkor qildi

Batareyaning xizmat muddati va ishlash muddati o‘rtasidagi farq nimada?

Ko‘p foydalanuvchilar ushbu tushunchalarni chalkashtiradi, aslida esa ular bir-biridan jiddiy farqlanadi. Batareyaning xizmat muddati — uni almashtirgunga qadar bo‘lgan ishlash vaqti, ishlash muddati esa — zaryadlash jarayonlari oralig‘idagi vaqt.

Umumiy tavsiyalar

Ishlab chiqaruvchi haroratning keskin o‘zgarishlaridan nari turishni maslahat beradi va MacBook uchun qulay diapazon Selsiy bo‘yicha 10—35 daraja, iMac, iPhone, iPad, iPod va Apple Watch uchun — 0—35 daraja ekanligini eslatdi.

Bundan tashqari, dasturiy ta’minotni muntazam ravishda yangilab turish kerak, axir operatsion tizimlarning yangi versiyalari qurilmaning ko‘proq avtonom bo‘lishini ta’minlaydi. Qurilmani o‘chirilgan kompyuterga ulash kerak emas — u akkumulyator sig‘imi kamayishiga sababchi bo‘lishi mumkin.

Zaryad oldirish va saqlash

Apple ta’kidlashicha, g‘iloflar tarkibiga kiradigan ba’zi materiallar issiqlik ajralib chiqishiga to‘sqinlik qilishi mumkin, u zaryad oldirish vaqtida yaxshisi, g‘ilofni yechib qo‘yish haqida ogohlantirdi.

Qurilmadan uzoq vaqtga foydalanishni to‘xtatishdan avval uni hech bo‘lmaganda yarmigacha zaryadlash tavsiya etiladi. Quvvat olmagan qurilmani uzoq vaqt saqlash chuqur quvvatsizlanishga olib keladi, natijada akkumulyatorning ishlash layoqati pasayadi va servis markaziga murojaat qilishga to‘g‘ri keladi.

Sozlamalar va tahlil

Energiya sarfini optimallashtirish uchun, Apple mumkin bo‘lgan vaqtda LTE-ma’lumotlarni uzatishni o‘chirib qo‘yishni, ekran yorqinligini avtomatik tarzda sozlashni ishga tushirishni va Wi-Fi’ni deaktivizatsiya qilishni tavsiya etadi. Shuningdek, kompyuterlardan SD-kartalarni chiqarib qo‘yish kerak, chunki ular energiya ortiqcha sarf bo‘lishiga olib kelishi mumkin.

Energiyani tejash rejimini ishga tushirish orqali (u iOS 9.0’da paydo bo‘ldi) batareya zaryadi 20 foizgacha kamayishi bilan, barcha energiya sig‘imi katta funksiyalarni avtomatik ravishda o‘chirib qo‘yish mumkin. Bundan tashqari, sozlamalarning “Akkumulyator” bo‘limida batareya sarfini tahlil qilish va eng energiya sig‘imi katta dasturlarni o‘chirish mumkin. Apple, shuningdek, o‘yinlardagi bildirishnomalarni, AppStore’dan olingan dasturlarning avtomatik yangilanishini hamda geolokatsiya servislarini o‘chirib qo‘yishni maslahat beradi.

- deb xabar beradi Daryo nashri.


Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar

Новости партнеров

Календарь новостей

«    Декабрь 2016    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031