Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

ZTE korporatsiyasi Pre5G Massive MIMO texnologiyasi uchun taqdirlandi

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 353           Дата: 11-03-2016, 12:24          
Telekommunikatsiya sanoati uchun mobil internetni rivojlantirish sohasidagi texnologik yechimlarni taqdim etuvchi jahondagi eng yirik shirkatlardan biri hisoblangan ZTE Corporation Ispaniyaning Barselona shahrida o‘tkazilgan Mobile World Congress 2016 xalqaro ko‘rgazmasi doirasida tashkil etilgan Global Mobile Awards 2016 taqdirlash marosimida mukofotlarga ega bo‘ldi.

ZTE korporatsiyasi Pre5G Massive MIMO texnologiyasi uchun taqdirlandi

Jumladan, ZTE Corporation o‘zining Pre5G Massive MIMO texnologiyasi uchun mobil texnologiyalar sohasidagi eng ilg‘or kompaniyaga topshiriladigan Best Mobile Technology Breakthrough Award mukofoti va 2016-yilning tengsiz mobil texnologiyasi ishlab chiqaruvchisi va texnik direktori — Outstanding Overall Mobile Technology – The CTO’s Choice 2016 unvoniga ega bo‘ldi.

GSM (GSMA) assotsiatsiyasi tomonidan o‘tkazilayotgan Mobile World Congress 2016 ko‘rgazmasi mobil aloqa sanoati sohasidagi eng muhim tadbir bo‘lib, GSMA tomonidan topshiriladigan Global Mobile Awards mukofotlari esa bu sohadagi eng faxrli yutuq hisoblanadi.

Mobil internet asri boshlanishi bilan mavjud tarmoqlarning o‘tkazish qobiliyatini oshirishga ehtiyojning keskin ortishi va joylarda resurslar yetishmasligi bilan bog‘liq ziddiyat kuzatilmoqda. Bunday sharoitda ZTE simsiz aloqa samaradorligini oshirishga mo‘ljallangan Massive MIMO texnologiyasidan unumli foydalanib, tarmoqning o‘tkazish qobiliyatini oshirishga erishmoqda. Uning qo‘llanilishi tufayli tijorat tarmog‘ida bir Pre5G Massive MIMO birligining eng yuqori tezligi soniyasiga 400 megabaytdan oshadi va spektral samardorlikni mavjud 4G tarmoqlariga nisbatan to‘rt-olti barobarga ortishini ta’minlaydi.

Pre5G Massive MIMO usuli qoplamani 2D dan 3D gacha kengaytirish uchun nur shakllantirish texnologiyasiga asoslangan va faol hamda keng oqimni ta’minlaydi. Ushbu texnologiya juda samarali bo‘lib, ko‘p qavatli binolar, katta stadionlar sharoitiga xotspotlar va boshqa vositalar orqali moslashtirilib, nafaqat o‘tkazuvchanlik, balki tarmoq faoliyati sifatini oshirishga xizmat qiladi.

Ushbu mukofot ZTE korporatsiyasi tomonidan taqdim etilgan innovatsion texnologiyalar, xususan, Pre5G Massive MIMO texnologiyasi salohiyatining yana bir e’tirofi bo‘ldi. ZTE’ning Pre5G texnologiyalaridan iborat bozordagi taklifi foydalanuvchilarga 4G asbob-uskunalarda 5G darajasidagi sifatli aloqaga erishish imkoniyatini ta’minlaydi. Ushbu texnologiya Xitoy bozorida 2016-yildan boshlab sotuvga chiqarilishi kutilmoqda.

ZTE korporatsiyasi Pre5G Massive MIMO texnologiyasi uchun taqdirlandi

ZTE — telekommunikatsion asbob-uskunalar va uyali telefonlarni yetkazib beruvchi jahonda yetakchi shirkatlardan biri hisoblanadi. ZTE tomonidan simli va simsiz aloqa, mobil va fiksatsiyalangan terminallar bozorining deyarli har bir yo‘nalishida turli-tuman yuqori sifatli mahsulotlar ishlab chiqariladi. Bugungi kunda jahonning ko‘plab mamlakatlarida ZTE vakolatxonalari va tadqiqot markazlari joylashgan bo‘lib, ularda 10 minglab insonlar mehnat qiladi.

Kompaniya M-ICT strategiyasi doirasida mijozlarga ishning yuqori sifatini ta’minlovchi integratsiyalashgan yangi usullarni taqdim etish ustida ishlamoqda. Bu o‘z navbatida telekommunikatsiya va axborot texnologiyalari sohasidagi izchil taraqqiyot va konvergensiya sharoitida ko‘plab yutuqlarga erishish imkoniyatini ta’minlaydi.

Kompaniya 160 ta mamlakat va mintaqaga asbob-uskunalar va xizmatlarni yetkazib beradi, Osiyo-Tinch okeani, Janubiy Osiyo, Shimoliy Amerika, Yevropa, Lotin Amerikasi, Afrika va MDHdagi 500 dan ortiq aloqa operatorlariga xizmat ko‘rsatadi.

ZTE shirkati yillik daromadining 10 foizga yaqin qismini tadqiqot va yangi ishlanmalarga sarflab, telekommunikatsion standartlarni ishlab chiquvchi ko‘pgina xalqaro tashkilotlarning reytinglarida yetakchi o‘rin tutmoqda.

Xususan, ayni damda ZTE shirkati iqtisodiyotning turli tarmoqlari uchun 50 dan ortiq yechimlarni taklif qilyapti. Xitoy kompaniyasi iste’molchilar uchun mo‘ljallangan mahsulotlar – telefonlardan tortib smartfon va planshetlargacha ishlab chiqaradi. Bu mahsulotlarni O‘zbekiston bozorida bemalol sotib olish mumkin. ZTE smartfonlarining asosiy dasturiy platformasi — Android operatsion tizimi hisoblanadi.

ZTE shu’ba korxonasi O‘zbekistonda 10 yildan ortiq vaqt mobaynida o‘z faoliyatini yuritib kelmoqda. Bu davr mobaynida kompaniya O‘zbekistonda telekommunikatsiya sohasi rivojiga ulkan hissa qo‘shib, ilg‘or kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish imkoniyatini, mahalliy aholi uchun ish joylarini taqdim etib, insonlarning kommunikatsiya texnologiyalari haqidagi bilimlarini oshirib kelmoqda.

O‘zbekiston telekommunikatsion operatorlari — Beeline, Ucell, “O‘zbektelekom” AK va boshqalar ZTE asbob-uskunalaridan foydalanadi. 2013-yilning iyulida ZTE Sirdaryo viloyatida uyali telefonlar va ular uchun mo‘ljallangan aksessuarlarni ishlab chiqarish bo‘yicha korxonani ishga tushirdi. Hozirda uyali telefonlar UZTE brendi ostida ishlab chiqarilmoqda.

Reklama huquqi asosida

- deb xabar beradi Daryo nashri.


Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar

Новости партнеров

Календарь новостей

«    Декабрь 2016    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031 

Мы Онлайн