Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

Ucell abonentlarga xizmat ko‘rsatish bo‘yicha o‘z ofislari tarmog‘ini kengaytirishda davom etmoqda

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 1 154           Дата: 11-03-2016, 12:24          
Ucell butun O‘zbekiston bo‘ylab abonentlarga xizmat ko‘rsatish bo‘yicha o‘z ofislari tarmog‘ini kengaytirishni davom ettirmoqda.

Ucell abonentlarga xizmat ko‘rsatish bo‘yicha o‘z ofislari tarmog‘ini kengaytirishda davom etmoqda

2016-yilning 11-mart kuni Surxondaryo viloyatining Denov shahrida Ucell’ning yangi ofisi o‘z eshiklarini ochdi. Tantanali ochilish marosimida Ucell va OAV vakillari, faxriy mehmonlar, kompaniya mijozlari qatnashdi. Navro‘z tantanalariga bag‘ishlangan yangi ofis ochilishi Denov tumani aholisi uchun haqiqiy bayram sovg‘asi bo‘ldi.

Ofis dizayni TeliaSonera kompaniyalari guruhining xalqaro standartlariga muvofiq tarzda — skandinavcha ixcham uslubni milliy o‘ziga xoslik bilan uyg‘unlashtirgan holda ishlab chiqilgan. Yangi ofisning ochilishi xizmat ko‘rsatish sifatini yanada oshirish yo‘lidagi navbatdagi qadam bo‘ldi va kompaniya O‘zbekistonning barcha hududlarida o‘z abonentlariga yanada yaqinlashdi. Hozirgi kunda Ucell kompaniyasining butun O‘zbekiston bo‘ylab, xususan, Denovni ham qo‘shib hisoblaganda, 23 ta o‘z ofisi bor.

Ucell abonentlarga xizmat ko‘rsatish bo‘yicha o‘z ofislari tarmog‘ini kengaytirishda davom etmoqda

Eldor Sulaymonov, Savdo va xizmat ko‘rsatish kanallarini boshqarish departamenti direktori: “Mijozga yo‘nalganlik — kompaniyamiz e’tibori qaratiladigan eng asosiy jihatdir. Ucell’ning shahar markazida joylashgan yangi ofisi ochilishi bu yo‘nalishdagi navbatdagi qadam bo‘ldi. Hozirgi kunda O‘zbekistonning barcha yirik shaharlarida Ucell’ning o‘z ofislari ochilgan. Maqsadimiz — barcha ofislardagi xizmat ko‘rsatish sifatini yagona yuqori darajaga olib chiqish. Abonent qaysi ofisga murojaat qilishining ahamiyati yo‘q — u o‘ziga zarur barcha xizmatlar tez va sifatli ko‘rsatilishiga har doim ishonchi komil bo‘lishi kerak”.

Ucell abonentlarga xizmat ko‘rsatish bo‘yicha o‘z ofislari tarmog‘ini kengaytirishda davom etmoqda

Ofisning ochilishi an’anaviy bayramona dastur va kompaniya abonentlariga esdalik sovg‘alarini ulashish bilan davom etdi. Bundan tashqari, Denov ahli ijobiy hissiyotlar va Ucell xodimlarining samimiy qutlovlarini qabul qilib oldi.

- deb xabar beradi Daryo nashri.


Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar

Новости партнеров

Календарь новостей

«    Декабрь 2016    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031 

Мы Онлайн