Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

O‘zingiz haqingizda Facebook’da oshkor qilinmaydigan 5 tafsilot

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 667           Дата: 8-03-2016, 18:37          
Facebook’da foydalanuvchilarning shaxsiy ma’lumotlari juda qadrlanadi. Sayt siz haqingizda qancha ko‘p narsa bilsa, kompaniyaga siz maqsadli auditoriyasiga kiradigan reklama beruvchilar shuncha ko‘p pul to‘laydi. Lekin ayrim tafsilotlarni ijtimoiy tarmoqlarda oshkor qilmagan ma’qul.

O‘zingiz haqingizda Facebook’da oshkor qilinmaydigan 5 tafsilot

Bu ma’lumotlar o‘z-o‘zidan xavfli emas, lekin ulardan ijtimoiy tarmoqlarda o‘ralashib yuradigan qalloblar foydalanishi mumkin.

“Interesno” sayti Facebook’da oshkor qilish tavsiya etilmaydigan 5 tafsilotga to‘xtalib o‘tdi.

Uy manzili

Bu ma’lumotdan foydalanib, uyingizga o‘g‘rilikka tushishlari mumkin. Agar ijtimoiy tarmoqda manzilingiz ko‘rsatilgan bo‘lsa, hali ham o‘z profilingizga kirib, “Aloqa va asosiy axborot” bo‘limining tahrirlash oynasini oching va ushbu ma’lumotni o‘chirib tashlang.

Siz ijtimoiy tarmoqda tilga olayotgan tadbirlarda ham manzilingiz ko‘rinib qoladi. Masalan, ziyofat uyushtirilishini xabar qilsangiz, Facebook avtomatik tarzda, odamlar qayerga borishni bilishlari uchun, sahifaga manzilingizni qo‘shib qo‘yishi mumkin.

Agar tadbirga do‘stlaringiz o‘z do‘stlarini taklif qilsa, unda manzilingizni bilib olgan begonalar soni yanada ko‘payadi.

Ish joyi haqida ma’lumot

Facebook’da ish joyingiz haqidagi ma’lumotlarni chop etmaslikka harakat qiling. Bir kuni hamkasblaringizdan biri sahifangizni topib olishi va o‘ziga yoqmaydigan biror ma’lumotga duch kelishi mumkin.

Xakerlar esa kompaniya haqida axborot to‘plashni xodimlarning shaxsiy ma’lumotlaridan boshlaydi. Agar ular internetda, ijtimoiy tarmoqlarda joylashtirilgan bo‘lsa, bu xakerning ishini yanada osonlashtiradi.

Shuningdek, hamkasblar bilan Facebook’da do‘stlashishda ehtiyot bo‘ling. Ish o‘rningizni almashtirsangiz, eski hamkasblaringizning ko‘pchiligi bilan muloqotni davom ettirishni istamasligingiz mumkin.

Shaxsiy munosabatlar maqomi

Oilaviy ahvol haqida Facebook’da yozish ortiqcha e’tibor tortish demakdir.

Bundan tashqari, maqom o‘zgarishlari kiberstalkerlar diqqatini jalb qiladi.

To‘lov ma’lumotlari

Facebook bepul, lekin ba’zan u kredit kartangizning raqamini so‘rashi mumkin.

Moliyaviy axborot sizga saytning turli mahsulotlarini xarid qilishga yordam beradi. Lekin bu ma’lumotlarga xakerlar ham osonlikcha daxl qila oladi, ayniqsa ishxonada yoki begona kompyuterda profildan chiqishni unutsangiz.

Nafaqat begona kishi, balki oilangizning biror a’zosi ham pulingizni beruxsat ishlatib qo‘yishi mumkin.

Telefon raqami

Facebook’ning xavfsizlik sohasidagi ayrim foydali funksiyalarini qo‘llashda darhaqiqat telefon raqamingiz talab qilinadi.

Bundan tashqari, agar siz saytga mobil telefondan kirsangiz, demak, ijtimoiy tarmoq uning raqamini allaqachon biladi.

Agar qachondir profilingizda telefon raqamini ko‘rsatib o‘tgan bo‘lsangiz, “Aloqa va asosiy axborot” bo‘limida bu ma’lumotni kim ko‘rishi mumkinligi haqidagi qatorni “Faqat men”ga o‘zgartirib qo‘ying.

- deb xabar beradi Daryo nashri.


Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar

Новости партнеров

Календарь новостей

«    Декабрь 2016    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031 

Мы Онлайн