Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

Telegram yordamida uy sotib olish mumkin. Yo‘g‘e?

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 1 507           Дата: 4-03-2016, 23:05          
Telegram — bugun kunda smartfonga o‘rnatilishi shart bo‘lgan mobil dasturdir. Vaziyat shu darajadaki, mobil qurilmaga Telegram’dan boshqa dasturni o‘rnatishning hojati ham yo‘q: unda barcha aloqalar ro‘yxati bor — tanishlaringga xohla matnli, xohla ovozli xabar yo‘lla; videolar va fotosuratlarni istagancha yuborib, istagancha qabul qil; yangilik kanallariga obuna bo‘lib, so‘nggi voqea-hodisalardan xabardor bo‘l; botlar bilan o‘yin o‘yna. Yoki uy sotib ol.

Telegram yordamida uy sotib olish mumkin. Yo‘g‘e?

Ha, Telegram’dan foydalangan holda uy sotib olish yoki kvartira ijaraga olish ham mumkin. “Uybor.uz”ning aqlli @uybor_bot boti bu masalada tengi yo‘q yordamchiga aylanadi. Biz avvalroq bu bot haqida yozgandik. Chaqaloq vaqt o‘tgani sayin yangi bilimlarni o‘zlashtirib, dunyoni tanib borgani sari, @uybor_bot ham zamon bilan hamnafas bo‘lib, yanada aqlli va mukammal ko‘rinish olmoqda.

Dastlab u faqat rus tilida gaplashardi. Lekin Siz Telegram’da asosan o‘zbek tilida muloqot qilishingizni ko‘rib, endi o‘zbek tilida ham e’lonlarni yubora oladigan bo‘ldi. Agar Siz “Uybor.uz”ning botidan birinchi marta foydalanayotgan bo‘lsangiz, u rus tilida murojaat qiladi — “Настройки” (“Sozlash”) bo‘limiga o‘tib, botni o‘zbek tilida gapiradigan qilish mumkin.

Telegram yordamida uy sotib olish mumkin. Yo‘g‘e?

Ha-ya, @uybor_bot endi ishga tushgan vaqtda unda “Sozlash” bo‘limi yo‘q edi. Mazkur bo‘limda nafaqat bot tilini o‘zgartirish, balki Sizga bittada yuboriladigan e’lonlar sonini 20 tagacha ko‘paytirish, e’lonlarni veb ko‘rinishli qilish, shuningdek, obunani bekor qilish mumkin. Obuna — @uybor_bot’ning yangi versiyasidagi eng foydali yangi imkoniyatlardan biridir.

Telegram yordamida uy sotib olish mumkin. Yo‘g‘e?

Deylik, Siz Yunusobod tumanidan bir oylik ijara narxi 150 shartli birlik bo‘lgan bir xonali xonadonni ijaraga olmoqchisiz. “Ijara” bo‘limiga kirib, narx oralig‘i, zarur tuman, xona soni bo‘yicha kerakli so‘rovlarni kiritib, “Ko‘rsatish”ni bosdingiz va Sizga “Uybor.uz” saytidagi beshta mos e’lon ko‘rsatildi. “Keyingi e’lonlar” tugmasini bosib, yana beshta e’lonni ko‘rdingiz.

Telegram yordamida uy sotib olish mumkin. Yo‘g‘e?

Ba’zan shunaqasi ham bo‘ladi: ketma-ket 30 ta e’lonni ko‘rib chiqasiz, hatto e’lon beruvchilarning uch-to‘rt nafari bilan telefonlashasiz ham, lekin hech biri ma’qul kelmaydi. Endi: “Oradan bir-ikki kun o‘tib yangi e’lonlar qo‘shilar, o‘shanda yana izlab ko‘raman”, — deb o‘ylash shart emas, shunchaki “Keyingi e’lonlar”ning ostidagi “Obuna” tugmasini bosib qo‘ysangiz kifoya — “Uybor.uz” saytiga so‘rovlaringizga mos e’lon qo‘shilishi bilan bot uni Sizga yetkazadi.

Telegram yordamida uy sotib olish mumkin. Yo‘g‘e?

Kvartira ijaraga olish yoki uy sotib olish — Telegram’dagi @uybor_bot taklif qilayotgan keng imkoniyatlardan biri, xolos. Mazkur bot Telegram’dan chiqmasdan turib yangi ofis topish, uni ijara yoki sotilish narxlari bilan tanishish, shinam va keng hovlilarning narxi qanday bo‘layotgani haqida boxabar bo‘lish, maqbul e’lonni yaqinlar bilan bo‘lishish imkonini ham taqdim etadi.

Istiqomat va ish uchun zamonaviy va muhtasham uy va ofislarni “Uybor.uz” bilan birga, ilg‘or va aqlli texnologiyalardan foydalangan holda izlang!

Reklama huquqi asosida

- deb xabar beradi Daryo nashri.


Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar

Новости партнеров

Календарь новостей

«    Декабрь 2016    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031 

Мы Онлайн