Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

AQSh hukumati bilan smartfonlar himoyasini buzish borasida bahslashayotgan Apple’ni 20 ga yaqin kompaniya qo‘llab quvvatladi

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 251           Дата: 4-03-2016, 15:25          
Apple korporatsiyasini AQSh rasmiylari bilan sudlashuvda 20 ga yaqin texnologik kompaniya qo‘llab-quvvatladi. “TASS” agentligining ma’lum qilishicha, bu kompaniyalar orasida Twitter, eBay va AT&T bor, Microsoft, Google va Facebook esa yaqin kunlarda Apple’ga xayrixohlik bildiradi.

AQSh hukumati bilan smartfonlar himoyasini buzish borasida bahslashayotgan Apple’ni 20 ga yaqin kompaniya qo‘llab quvvatladi

Kompaniyalar sudga Apple foydasiga dalillar va fikrlar keltirilgan “do‘stona argumentatsiya” yo‘llagan yoki shunga hozirlik ko‘rmoqda. Bu hujjat sudda ishtirok etmayotgan tarafning munosabatini aks ettiruvchi maxsus shakl hisoblanadi.

Ayni paytda Apple tarafini yoqlayotgan kompaniyalar qatoriga LinkedIn ijtimoiy tarmog‘i, Airbnb onlayn e’lonlar maydoni qo‘shildi. Yaqin kunlarda ularning ortidan Firefox brauzeri ishlab chiqaruvchisi Mozilla hamda Snapchat va WhatsApp messenjerlariga egalik qiluvchi kompaniyalar ergashadi.

Eslatib o‘tamiz, 16-fevral kuni AQSh sudi Apple korporatsiyasi Federal qidiruv byurosi xodimlariga “San-Bernardino mergani”ning telefonini buzib, undagi ma’lumotlarni olishda yordam berishi lozimligi haqida qaror qabul qildi.

Sud qaroriga muvofiq, korporatsiya shu paytga qadar terrorchilardan biri Said Faruqning mobil uskunasi ma’lumotlariga buzib kira olmayotgan FQB xodimlariga maxsus dasturiy ta’minot taqdim etishi talab qilinadi. Korporatsiya rahbari Tim Kuk bunga javoban sud qaroriga rasmiy e’tiroz bildirilishini ta’kidlab o‘tgan edi.

- deb xabar beradi Daryo nashri.


Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar

Новости партнеров

Календарь новостей

«    Декабрь 2016    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031 

Мы Онлайн