Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

Kashfiyotchilarini o‘ldirgan 10 kashfiyot

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 896           Дата: 3-03-2016, 13:00          
Yangi kashfiyotlari bilan sivilizatsiya rivojiga hissa qo‘shgan yetuk aql sohiblari tarixda ko‘p o‘tgan. Lekin ayrimlarning hayoti aynan o‘z ishlanmalari tufayli tugagan. National Geographic o‘z kashfiyotchilarining o‘limiga sabab bo‘lgan mana shunday 10 kashfiyotni yodga oldi.

Kashfiyotchilarini o‘ldirgan 10 kashfiyot

Genri Smolinski va AVE Mizar

Genri Smolinski uchar avtomobil yaratishni orzu qilib kelardi. U sherigi Gal Bleyk bilan Ford Pinto avtomobiliga Cessna Skymaster aeroplanining qanotlarini mustahkamlab, AVE Mizar uchar avtomobilini yaratdi. Ammo 1973-yilda sinov parvozi chog‘ida qanotlar ajralib ketdi, buning oqibatida kashfiyotchilar halok bo‘ldi.

Aurel Vlayku va “Vlayku II” samolyoti

Aurel Vlayku (1882—1913) — Ruminiya aviatsiyasini boshlab bergan kashfiyotchi va sinovchi uchuvchi. O‘zi ishlab chiqqan “Vlayku II” samolyoti uchun u 1912-yili Venada o‘tgan aviatsion musobaqada katta miqdordagi pul mukofoti yutib oldi, lekin bir yildan so‘ng o‘sha samolyotda Karpat tog‘laridan o‘tishga harakat qilayotganida halok bo‘ldi.

Tomas Endryus va “Titanik”

“Titanik” halokati uchun javobgarlikning bir qismi uning yaratuvchilari bo‘ynidadir. Tomas Endryus kemaning yetakchi konstruktori hamda “Xarland end Volf” kompaniyasining ijrochi direktori edi. Aysberg bilan to‘qnashganidan so‘ng u birinchilardan bo‘lib kema cho‘kib ketishini aniq aytdi, so‘ng yo‘lovchilarni qutqarish chog‘ida halok bo‘ldi.

Jeyms Duglas, graf Morton IV va “Shotland bibisi”

Jeyms Duglas XVI asr Shotlandiyasining yirik davlat arbobi va qirol Yakov VI ning noibi edi. U gilyotinaning o‘tmishdoshi, boshni tanadan judo qilishga mo‘ljallangan “Shotland bibisi” mashinasi yaratganmi yoki faqat ommalashtirganmi, bunisi aniq emas, biroq 1580-yilda Duglasning o‘zi o‘sha uskunada qatl qilindi.

Valerian Abakovskiy va aeromotovagon

Valerian Abakovskiy (1895—1921) aviatsion parrakka ega motorli drezina yaratuvchisidir. 1921-yilda aeromotovagon Moskva—Tula temir yo‘l uchastkasida muvaffaqiyat bilan sinovdan o‘tkazildi, ammo qaytishda u relslardan chiqib ketib, halokatga uchradi va o‘z kashfiyotchisining hayotiga zomin bo‘ldi.

Maks Valye va raketa dvigatellari

Avstriyalik muhandis va uchuvchi Maks Valye (1895—1930) o‘sha paytda hali yangi soha hisoblangan raketa texnikasiga jahon hamjamiyatining diqqatini qaratishga urinardi. Buning uchun u raketa dvigatellarini nafaqat samolyotlar, balki avtomobillarga ham mustahkamlashni odat qilgan edi. Bir kuni bunday raketalardan biri portlab ketdi, uning parchalari esa Valyeni o‘ldirdi.

Frederik Dyuzenberg va Marvel avtomobili

Amerikalik konstruktor Frederik Dyuzenberg (1876—1932) ukasi Avgust bilan dastlab oddiy mashinalar ustida ishladi, so‘ng sport mashinalariga qiziqa boshladi. Ularning bolidlari sifati bilan dong taratgan edi. 1932-yilda Frederik o‘zi ishlab chiqargan mashinada avariyaga uchrab, shifoxonada olamdan o‘tdi.

Li Si va “besh jazo”

Miloddan avvalgi III asrda yashagan Li Si imperator Sin saroyidagi nufuzli amaldorlardan biri edi. U noroziliklarga barham berish uchun “besh jazo” qatl usulini o‘ylab topgan. Unga ko‘ra, dastlab qurbonning qo‘l-oyog‘i chopiladi, so‘ng uning tanasi ikkiga bo‘lib tashlanadi. Oxir-oqibat Li Sining o‘zi ham shu usulda qatl qilingan.

Frensis Edgar Stenli va Stanly Steamer avtomobili

Frensis Edgar Stenli (1849—1918), parda yuradigan poyezdlardan ilhomlanib, 1897-yilda parda yuradigan Stanly Steamer avtomobilini ishlab chiqdi. Mashina o‘sha payt uchun favqulodda yutuq sanalgan soatiga 43 kilometr tezlikda yurardi. 1918-yilda kashfiyotchining o‘zi mana shu mashinada halokatga uchrab, qazo qildi.

Maykl Dakr va Jetpod

Maykl Dakr yirik shaharlardagi mashina oqimini kamaytirishga qodir ixcham va qulay transport vositasi — “uchar taksi” yaratish ustida ko‘p ishladi. Ammo 2009-yilda o‘tkazilgan birinchi sinovdayoq jiddiy muammolar kelib chiqdi, oqibatda mashina 200 metr balandlikdan quladi, uning ichida bo‘lgan Dakr halok bo‘ldi.

- deb xabar beradi Daryo nashri.


Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar

Новости партнеров

Календарь новостей

«    Декабрь 2016    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031