Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

Sud Apple’ga FQB talabiga ko‘ra iPhone himoyasini buzmaslikka ruxsat berdi

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 383           Дата: 2-03-2016, 02:25          
Bruklin federal sudi qaroriga ko‘ra, AQSh hukumati Apple korporatsiyasini iPhone himoyasini buzishda yordam berishga majburlashi mumkin emas. Bu haqda, Business Insider xabarnomasiga tayanib, “Interfaks” yozmoqda.

Sud Apple’ga FQB talabiga ko‘ra iPhone himoyasini buzmaslikka ruxsat berdi

Bunda gap San-Bernardinodagi terakt tufayli kelib chiqqan mojaro haqida emas, balki metamfetamin sotuvchisi Jun Feng hodisasi bilan bog‘liq. Uning uyi tintuv qilinganida, u yerdan iPhone 5S telefoni topilgan. Feng smatfon parolini unutganini aytganidan so‘ng, AQSh narkotikka qarshi kurash boshqarmasi Federal qidiruv byurosiga murojaat qilib, telefonni ochishda yordam so‘ragan.

O‘z navbatida, FQB sudga murojaat qilib, ishlab chiqaruvchining bu borada ko‘mak berishiga erishmoqchi bo‘ldi. Sudya Apple hukumat talabiga ko‘ra o‘z mahsulotlarining himoyasini buzish imkoniyatlarini fosh qilishga majbur emasligini belgilab, da’voni rad qildi.

Nyu-Yorkda ko‘rib chiqilgan ish Kaliforniya sudi shug‘ullanayotgan san-bernardinolik terrorchining iPhone ishiga “juda o‘xshash”. Shu sababli ham, Apple vakillaridan birining jurnalistlarga ma’lum qilishicha, korporatsiya Nyu-Yorkda ko‘rilgan ish Kaliforniyadagi ishga ham ta’sir qilishiga umid qilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, 16-fevral kuni AQSh sudi Apple korporatsiyasi Federal qidiruv byurosi xodimlariga “San-Bernardino mergani”ning telefonini buzib, undagi ma’lumotlarni olishda yordam berishi lozimligi haqida qaror qabul qildi.

Sud qaroriga muvofiq, korporatsiya shu paytga qadar terrorchilardan biri Said Faruqning mobil uskunasi ma’lumotlariga buzib kira olmayotgan FQB xodimlariga maxsus dasturiy ta’minot taqdim etishi talab qilinadi. Korporatsiya rahbari Tim Kuk bunga javoban sud qaroriga rasmiy e’tiroz bildirilishini ta’kidlab o‘tgan edi.

- deb xabar beradi Daryo nashri.


Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar

Новости партнеров

Календарь новостей

«    Декабрь 2016    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031 

Мы Онлайн