Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

WhatsApp messenjeri endi Nokia va BlackBerry telefonlarida ishlamaydi

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 326           Дата: 29-02-2016, 17:25          
Yahoo! Kompaniyasining ikki sobiq xodimi 2009-yilda WhatsApp messenjerini ishga tushirganida, savdoda Android-smartfonlar soni juda kamchilikni tashkil etar, jahon mobil bozorini esa Nokia va RIM (keyinchalik nomi BlackBerry’ga o‘zgardi) egallagan edi. Shu bois yangi xabarlar almashinuvi xizmati asoschilari barcha ommaviy platformalar bilan ishlashga harakat qildi. Biroq oradan o‘tgan yetti yil ichida mobil bozorida katta o‘zgarishlar sodir bo‘ldi, deb yozadi “Terabayt”.

WhatsApp messenjeri endi Nokia va BlackBerry telefonlarida ishlamaydi

Endilikda WhatsApp jamoasi eski va uncha ommalashmagan operatsion tizimlar, shu jumladan, BlackBerry OS (barcha talqinlari, jumladan BB10), Nokia S40, Symbian S60, Android 2.1, Android 2.2 va Windows Phone 7.1 uchun ishlanmalarni bekor qilishni ma’qul topdi.

Dasturchilarning so‘zlariga ko‘ra, eski qurilmalar vaqt o‘tishi bilan WhatsApp’da joriy etilayotgan yangi vazifalarni amalga oshirishga imkon bermaydi. Masalan, Symbian va Nokia telefonlari ovozli qo‘ng‘iroqlarni qo‘llab-quvvatlamaydi.

Shuning uchun ham messenjer kelgusida faqatgina uchta ommaviy operatsion tizim (Android, iOS va Windows Phone) asosidagi smartfonlarda ishlaydigan bo‘ladi. Tahlilchilarning ma’lum qilishicha, bugungi kunda mazkur uch operatsion tizim smartfonlar bozorining 99,5 foiziga egalik qilmoqda.

O‘zgarishlar 2016-yilning oxiriga qadar amalga oshiriladi. Yaqin vaqtlarda esa WhatsApp videoqo‘ng‘iroqlarni ishga tushirish arafasida.

- deb xabar beradi Daryo nashri.


Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий


Популярные новости

    Новости партнеров

    Календарь новостей

    «    Апрель 2017    »
    ПнВтСрЧтПтСбВс
     12
    3456789
    10111213141516
    17181920212223
    24252627282930