Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

LG kompaniyasi yangi G5 smartfoni va Friends konsepsiyasini taqdim etdi

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 541           Дата: 27-02-2016, 00:50          
LG kompaniyasi Mobile World Congress 2016 ko‘rgazmasida yangi G5 smartfoni va Friends konsepsiyasini namoyish etdi.

LG kompaniyasi yangi G5 smartfoni va Friends konsepsiyasini taqdim etdi

Modul turidagi birinchi LG smartfoni

LG G5 yangi silliq dizaynga ega, metall korpusi esa ko‘chma batareya va modulli konstruksiyani o‘z ichiga oladi. LG Friends qurilmalari bilan birgalikda, G5 smartfoni raqamli kamera, Hi-Fi pleyer va boshqalarga aylanishi mumkin.

CAMPlus moduli

LG kompaniyasi yangi G5 smartfoni va Friends konsepsiyasini taqdim etdi

LG CAMPlus universal kamera moduli bo‘lib, u batareya bo‘lmasi orqali ulanishi mumkin, bu alohida kameradagi kabi qulaylikni ta’minlaydi. LG G5’ga ulanganida, modul 1200 mA/soatli qo‘shimcha akkumulyator sig‘imini beradi, bu suratga olish vaqtini uzaytiradi.

B&OPlay’li LG Hi-FiPlus moduli

LG kompaniyasi yangi G5 smartfoni va Friends konsepsiyasini taqdim etdi

U Hi-Fi raqamli-analogli o‘zgartirgichga ega ko‘chma audiopleyerdir. U 32 bitli va 384 kGs yuqori chastotasiga ega tovushlarni ham ko‘tara oladi. Uni boshqa smartfon yoki shaxsiy kompyuterga ham ulash mumkin.

Ekstremal keng burchakli obyektiv va mukammallashtirilgan foydalanuvchi interfeysi

LG G5 orqa panelida ikkita kamera joylashgan — biri 78 darajali standart obyektivga, ikkinchisi esa 135 darajali keng burchakli obyektivga ega. Keng burchakli obyektiv suratga olinayotgan manzara maydonining iloji boricha kattaroq qismini qamrab olishga yordam beradi.

Keng turdagi birga ishlaydigan qurilmalar

LG kompaniyasi yangi G5 smartfoni va Friends konsepsiyasini taqdim etdi

Ekotizim doirasida LG kompaniyasi LG Friends deb nomlanuvchi “hamroh” qurilmalarning keng turini taqdim etadi.

360 VR moduli

LG kompaniyasi yangi G5 smartfoni va Friends konsepsiyasini taqdim etdi

U virtual reallik ko‘zoynagi bo‘lib, G5 smartfoniga maxsus kabel yordamida ulanadi va vizual ravishda 2 metr masofada 130 dyuymli televizorni yaratadi.

360 CAM moduli

LG kompaniyasi yangi G5 smartfoni va Friends konsepsiyasini taqdim etdi

Ushbu modul ikkita 13 megapikselli, 200 darajali keng burchakli kamera, 1200 mA/soat sig‘imli akkumulyator, 4 Gb ichki xotira bilan jihozlangan 360 darajali burchakka ega ixcham kameradir. U LG G5’ga osongina ulanadi va foydalanuvchilarga 360 darajada kontent yaratish imkonini beradi.

RollingBot moduli

Modul ichki 8 megapikselli kamerasi yordamida video va suratga olish chog‘ida koptok kabi dumalaydi. Uni uy uchun monitoring tizimi, shuningdek, masofadan turib boshqarish pulti sifatida qo‘llash mumkin.

Asosiy xususiyatlari

LG G5 smartfoni Qualcomm Snapdragon 820 protsessori, 5,3 dyuymli 2560×1440 pikselli displey, 4 Gb tezkor va 32 Gb ichki xotira (+microSD), 16 megapikselli asosiy, 8 megapikselli keng burchakli, 8 megapikselli old kamera, 2800 mA/soat sig‘imli batareyaga ega. U Android 6.0 Marshmallow operatsion tizimida ishlaydi.

Reklama huquqi asosida

- deb xabar beradi Daryo nashri.


Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar

Новости партнеров

Календарь новостей

«    Декабрь 2016    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031 

Мы Онлайн