Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

Facebook yangi layklarni taqdim etdi. Ulardan qanday foydalaniladi?

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 364           Дата: 25-02-2016, 16:00          
Facebook taqdim layk muqobillari yuzasidan Meduza savol-javob tayyorladi.

Nima bo‘ldi?

Facebook laykning beshta muqobilini taqdim etdi. Endi “Menga yoqdi” (Like)dan tashqari yurakcha (“Super!”), kulgu (“Xa-xa!”), ko‘z yosh (“Hamdardman”), g‘azab (“Juda yomon”) va hayrat (“Qoyil!”) ko‘rinishidagi beshta emodzidan birini tanlash mumkin.

Facebook yangi layklarni taqdim etdi. Ulardan qanday foydalaniladi?

Bu nima uchun kerak?

Foydalanuvchi Facebook’dagi postlarga turlicha his-tuyg‘u bildira olishi uchun. Har holda, Facebook’dagilar mazkur yangilikni shunday izohlamoqda. Bir qator foydalanuvchilar ba’zi postlar, masalan, biror qayg‘uli xabar ostida layk qoldirish nomaqbul ekani yuzasidan shikoyat qilardi. Shu sababli ham bu kabi xabarlarga layk ko‘rinishida munosabat bildirilmas yoki kommentlarda: “Nega ‘Yoqmadi’ tugmasi yo‘q?!” yoki “Umuman layk emas (” kabi fikrlar qoldirilardi.

“Menga yoqmadi” belgisi qani?

U yo‘q. Ehtimol, uning o‘rniga “Juda yomon!”ni ishlatish mumkin bo‘lsa kerak.

Bir vaqtning o‘zida ikkita munosabat bildirsa bo‘ladimi? Deylik, “Xa-xa!” va “Juda yomon”?

Yo‘q, mumkin emas.

Yangi belgilarni layklarni bekor qilgandek bekor qilsa bo‘ladimi?

Ha, bo‘ladi. Masalan, siz “hamdardman” degan belgini qo‘ydingiz, keyin o‘ylab ko‘rib, fikringizdan qaytsangiz, shunchaki belgi ustiga bosasiz — hammasi layklarda bo‘lgani kabi.

Agar “Juda yomon” belgisini qo‘ysam, bu qoldirilgan xabar matniga qaratilgan bo‘ladimi yoki uning muallifiga?

Bunisi noma’lum. Buning uchun yangi belgilar amaliyotda qanday ishlashini, odamlar bu belgilardan qanday foydalanishini kuzatish kerak.

Fikrlar (kommentlar)ga yangi belgilar bilan munosabat bildirsa bo‘ladimi?

Yo‘q, kommentlarda hammasi avvalgidek qolgan. Ularga munosabatni faqat layk bilan bildirish mumkin.

Layklar sonini endi qanday hisoblaymiz?

Facebook postingiz ostida qoldirilgan belgilarning umumiy sonini ko‘rsatadi. Shunday ekan, “bu fotosurat ikki mingta layk to‘pladi!” deyish o‘rniga, endi “bu fotosurat ikki ming belgi to‘pladi” yoki “ikki ming munosabat to‘pladi”, deyish mumkin. Lekin, katta ehtimol bilan, foydalanuvchilar hali uzoq vaqt davomida yangi belgilarni layk deb ataydi.

Mening postimga nechta har xil belgi qo‘yilganini qanday bilaman?

Buning uchun post ostidagi layklarning umumiy soni ustiga bosish kerak. Postingizga munosabat bildirgan foydalanuvchilar ro‘yxatini ko‘rsatuvchi alohida oyna ochilganidan so‘ng, uning yuqori qismida qaysi belgi necha marta qo‘yilganini ko‘rish mumkin bo‘ladi.

Facebook yangi layklarni taqdim etdi. Ulardan qanday foydalaniladi?

Kechirasiz, Facebook’ning eski versiyasida qolish imkoni bormi?

Yo‘q. Hamdardmiz.

- deb xabar beradi Daryo nashri.


Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar

Новости партнеров

Календарь новостей

«    Декабрь 2016    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031