Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

Yangi LG Stylus 2 smartfoni birinchi marta MWC 2016 ko‘rgazmasida namoyish etiladi

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 718           Дата: 25-02-2016, 06:40          
LG Electronics (LG) kompaniyasi G4 Stylus’ning takomillashtirilgan versiyasi — Stylus 2 ni Ispaniyaning Barselona shahridagi MWC 2016 ko‘rgazmasida taqdim etadi. Displey diagonali 5,7 dyuym bo‘lgan model LG flagman qurilmalarining eng yaxshi jihatlarini o‘zida jamlagan. Stilusning uchi nanoqoplamaga ega, bu esa rezina materialli qoplama bilan qoplangan uning analoglariga nisbatan matnni yanada aniqroq terish imkonini beradi.

Yangi LG Stylus 2 smartfoni birinchi marta MWC 2016 ko‘rgazmasida namoyish etiladi

LG Stylus 2 uchun bir qator funksiyalar maxsus ishlab chiqilgan. Misol uchun, Pen Pop dasturi bilan Pop Memo va Pop Scanner o‘rtasida tezkor o‘tish menyusini yoqish mumkin. Bundan tashqari, yangi mahsulotda birinchi marta Pen Keeper funksiyasi qo‘shildi. Ushbu funksiya sensor stilusning joyida emasligini qayd etganda, displeyga xabar chiqaradi va stilusning yo‘qolib qolishi oldini oladi. Yangi Calligraphy Pen shrifti esa yozuvni peroli ruchkada yozilgandek chiroyli va nafis ko‘rinishda chiqaradi.

LG Stylus 2 o‘zining o‘tmishdoshlaridan ancha yupqa va yengil, qalinligi 7,4 mm, og‘irligi esa 145 gramm. Uning orqa paneli Spin Hairline naqshi bilan bezatilgan, metallga xos ko‘rinishda ishlangan ramka esa telefonning yon tomonlarini o‘rab turadi.

LG Stylus 2 smartfoni 3000 mA/soatli akkumulyator sig‘imiga va SD karta uchun slotga ega, bu esa foydalanuvchilarga turli multimedia kontentlarini 5,7 dyuym diagonalli katta displeyda zavq bilan tomosha qilish imkonini beradi.

“LG Stylus 2 katta displey, flagman smartfonlariga xos eng yaxshi funksiyalar va o‘rta narx segmentiga mansub modellarning narxini o‘zida mujassam qilgan, — dedi LG Electronics Mobile Communications kompaniyasining prezidenti Juno Cho. — Mazkur smartfon, o‘sish va ijodiy salohiyatni namoyon etish uchun keng imkoniyatlarini hisobga olgan holda, ommaviy segment modellarini yanada yaxshilash yo‘lidagi yana bir qadamdir”.

Yangi LG Stylus 2 smartfoni birinchi marta MWC 2016 ko‘rgazmasida namoyish etiladi

LG Stylus 2 ning texnik xususiyatlari:*

Ekran: 5,7 dyuymli HD In-Cell Touch 1280 x 720)
Protsessor: 4 yadroli 1,2 GGs
Kamera: Asosiy kamera 13 Mp / Old kamera 8 Mp
Xotira: 1,5 Gb LPDDR3 RAM / 16 GB ROM / MicroSD
Akkumulyator: 3000 mA/soatli (almashtiriladigan)
Operatsion tizimi: Android 6.0 Marshallow
O‘lchamlari: 155 x 79,6 x 7,4 mm
Og‘irligi: 145 g.
Tarmoq: LTE / HSPA+ / GSM
Wi-Fi: 802.11 b, g, n / Bluetooth versiyasi: 4.1 / USB versiyasi: 2.0
Rangi: Titan / Oq / Jigar rang

*Tasniflar/imkoniyatlar bozorga qarab o‘zgarishi mumkin.

Reklama huquqi asosida

- deb xabar beradi Daryo nashri.


Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar

Новости партнеров

Календарь новостей

«    Декабрь 2016    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031 

Мы Онлайн