Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

“Odnoklassniki” Smart TV uchun dastur chiqardi

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 508           Дата: 23-02-2016, 16:40          
“Odnoklassniki” ijtimoiy tarmog‘i Smart TV uchun dastur ishlab chiqardi, uni foydalanuvchilar Samsung televizorlarining ushbu funksiyaga ega barcha modellariga o‘rnata oladi. “OK Video” deb nomlanuvchi dastur ijtimoiy tarmoqda ro‘yxatdan o‘tishni talab qilmaydi hamda butun dunyo bo‘ylab Samsung Smart TV dasturlari do‘konida mavjud. Kelajakda “Odnoklassniki” boshqa televizor ishlab chiqaruvchilari platformasiga mos tushadigan dasturni ham chiqarishni rejalashtirmoqda.

“Odnoklassniki” Smart TV uchun dastur chiqardi

Dasturda blogerlar va ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari tomonidan yuklangan videoroliklarni ham, hamkorlar taqdim etadigan professional kontent — kino, serial, multfilmlarni ham, shuningdek, telekanallar to‘g‘ridan-to‘g‘ri efirlari va “Odnoklassniki”dagi guruhlar o‘tkazadigan onlayn-translyatsiyalarni ham tomosha qilish mumkin bo‘ladi. Dasturda barcha kontent tomoshabinlarga bepul va reklamasiz ravishda taqdim etiladi.

“OK Video”da birinchi bo‘lib “RBK”, “Dojd”, LifeNews, “Mir” va “360 Podmoskovye” telekanallari ko‘rsata boshlaydi.

Boshlang‘ich sahifaga eng ommabop kanallar va videoroliklar, shu jumladan, blogerlar kanallari, shou va teledasturlar, seriallar, hajviy videolar, pazandalik dasturlari, shuningdek, TV-kanallar bevosita efirlari joylanadi. Dasturda “Haftaning top videolari”, “Yangi videolar”, “To‘g‘ridan-to‘g‘ri efir”, “Videoblogerlar”, “Seriallar” va boshqa bo‘limlar bo‘yicha qidiruv uchun menyu mavjud bo‘ladi.

Roliklarni tomosha qilish vaqtida tomoshabin tezlashtirib o‘tkazish, keyingi rolikka o‘tkazish va video sifatini o‘zgartirish kabi standart funksiyalardan foydalanishi mumkin. Video sifatining maksimal darajasi — Ultra HD (4K). Shu bilan birga, dastur avtomatik ravishda internet tezligi va TV-ekran hajmidan kelib chiqib, ko‘rish uchun optimal sifatni o‘rnatadi.

Reklama huquqi asosida

- deb xabar beradi Daryo nashri.


Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar

Новости партнеров

Календарь новостей

«    Декабрь 2016    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031 

Мы Онлайн