Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

13 yoshli qizning yostig‘i ostidagi Samsung Galaxy S4 smartfoni yonib ketdi

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 3 333           Дата: 28-07-2014, 11:09          

Texaslik Ariel Tolfri ismli 13 yashar qiz yostig‘ining ostida Galaxy S4 smartfonini qo‘yib uyquga ketgan va tunda tutun isidan uyg‘ongan. Afsuski bu achchiq tutun isi yonayotgan Galaxy S4 smarfoniga tegishli bo‘lgan. Bu haqda Phonearena.com sayti ma'lumotiga asolanib, "Parol" nashri xabar berdi.

Foto: DailyMail

Qiz yana uxlashga yotgan, lekin tutun isidan qayta uyg‘onishga majbur bo‘lgan. Bungacha esa smartfon tanib bo‘lmas darajada yonib ulgurgan edi.

Ariel oila a’zolarining fikriga ko‘ra, smartfon batareyasining almashtirilgani uning yonishiga sabab bo‘lgan. Phonearena.com saytining ta’kidlashicha, batareya Samsung’ning rasmiy tasdiqlangan mahsuloti bo‘lmagan.

Bunday vaziyatda Samsung kompaniyasi qizning smartfonini almashtirib berish, yong‘in ta’sir qilgan yotoqxona buyumlarini yangilashni zimmasiga olmaydi.

Chunki, Samsung telefonlarida – “Qurilmani choyshab, tana, qalin mato yoki havo aylanishiga ta’sir qiluvchi istalgan narsa bilan o‘rash, tana jarohati yoki qurilma sifatining buzilishiga sabab bo‘luvchi portlash yoki yong‘in chiqishiga olib keladi”, ogohlantiruv yozuvi mavjud.

Lekin DailyMail’ning yozishicha, qizning otasi Samsung kompaniyasini aybdor deb biladi, agar shunday ogohlantirish bor bo‘lsa, u holda uni sigaret qutisidagi kabi katta-katta qilib yozib qo‘yish kerak deb hisoblaydi.

Foto: DailyMail

Bunga javoban esa Samsung kompaniyasi batareya bilan bog‘liq muammolarni jiddiy deb bilishini ta’kidlagan va muammoni to‘liq tekshirish uchun qizning oilasidan yongan smartfonni kompaniyaga yuborishini so‘ragan.

Shuningdek, Samsung kompaniyasi Tolfrilar oilasiga yongan smartfon va yong‘in sababli zarar yetgan buyumlarni yangisiga almashtirib berishni taklif qilgan.




Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar

Новости партнеров

Календарь новостей

«    Декабрь 2016    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031 

Мы Онлайн