Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

Xitoyliklar qanday qilib Tibetga 5 km balandlikdan temir yo‘li o‘tkazgani haqida

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 1 380           Дата: 18-02-2016, 20:56          
Bor-yo‘g‘i besh yil ichida Xitoyning qolgan hududlarini Tibet bilan bog‘laydigan 1150 kilometr uzunlikdagi temir yo‘l qurildi. Qurilish ishlariga 3,5 milliard dollardan ortiq mablag‘ sarflandi. Germetik vagonlar, har bir yo‘lovchi uchun alohida kislorodli niqoblar, qorli cho‘qqilar ustida qad ko‘targan o‘nlab stansiyalar magistralga o‘zgachalik bag‘ishlaydi. Onliner dengiz sathidan 5 kilometr balandlikdan o‘tkazilgan noyob temir yo‘lni qurishda qo‘l kelgan muhandislik yechimlari haqida hikoya qiladi.

Xitoyliklar qanday qilib Tibetga 5 km balandlikdan temir yo‘li o‘tkazgani haqida

1920-yillar boshida Xitoy inqilobi otasi Sun Yatsen o‘zining “Xitoyni qayta tiklash rejasi” nomli dasturiy nashrida mamlakat bo‘ylab jami 100 000 kilometrlik temir yo‘llar qurilishi, magistrallardan biri Tibetga o‘tkazilishi lozimligini ta’kidlagan edi. Ammo ba’zi sabablarga ko‘ra millat otasining orzulari 1950-yillardan, Mao Szedun davridan amalga oshirila boshlandi.

Tibet poytaxti Lxasaga boruvchi temir yo‘l loyihasi 1960-yilda tasdiqlandi, ammo “Katta sakrash” islohotlaridan keyingi qiyinchiliklar uni yana qariyb 15 yilga unutishga majbur qildi.

Xitoyliklar qanday qilib Tibetga 5 km balandlikdan temir yo‘li o‘tkazgani haqida

1974-yilda bo‘lajak magistralning Sinxay viloyati markazi bo‘lgan Sinin shahridan Golmudga qadar boradigan uchastkasini qurish ishlari qaytadan boshlandi. Harbiylar va mahbuslar hashari natijasida 1979-yili, besh yillik zahmatli mehnatdan so‘ng 814 kilometrlik temir yo‘l qurildi, ammo u orqali yo‘lovchi tashish 1984-yildan boshlandi.

Xitoyliklar qanday qilib Tibetga 5 km balandlikdan temir yo‘li o‘tkazgani haqida

Magistralning Lxasaga qadar boradigan, baland tog‘lardan o‘tadigan ikkinchi uchastkasi murakkab muhandislik muammolarining yechilishi bilan bog‘liq edi: quruvchilar abadiy muzliklarda, kislorod yetishmovchiligida ishlashi, bunda Tibetning noyob ekotizimiga zarar keltirmasliklari talab qilinardi.

Xitoyliklar qanday qilib Tibetga 5 km balandlikdan temir yo‘li o‘tkazgani haqida

XXI asr boshlarida mamlakat bu vazifani amalga oshirish uchun yetarli texnik imkoniyatlarga ega bo‘ldi. Lxasaga boradigan temir yo‘lning qurilishi G‘arbiy Xitoyni rivojlantirish dasturining asosiy qismini tashkil qildi. Dastur mamlakatning g‘arbiy va sharqiy viloyatlarida rivojlanishdagi tafovutlarni bartaraf qilishga qaratilgan edi. XXR hukumatining yana bir muhim vazifasi 1950-yildagina qaytadan nazorat ostiga olingan Tibet muxtoriyati bilan aloqalarni mustahkamlashdan iborat edi.

Xitoyliklar qanday qilib Tibetga 5 km balandlikdan temir yo‘li o‘tkazgani haqida

2000-yilda XXR raisi Szyan Szemin tasdiqlagan dasturga ko‘ra, yangi temir yo‘lning umumiy uzunligi 1142 kilometrni tashkil qilishi lozim edi. Bu uchastkada 45 stansiya tashkil qilingan bo‘lib, ulardan 38 tasi xizmat ko‘rsatuvchi personalsiz, avtomatik tarzda ishlardi. Tibet magistrali Golmuddan boshlab 2800 metr balandlikdan Tang-La dovoniga qadar 5072 metrga ko‘tarilar, so‘ng, Lxasaga yaqinlashish asnosida, yana 3642 metrga pasayar edi.

Xitoyliklar qanday qilib Tibetga 5 km balandlikdan temir yo‘li o‘tkazgani haqida

Xitoyliklar qanday qilib Tibetga 5 km balandlikdan temir yo‘li o‘tkazgani haqida

Yangi uchastkaning 80 foizi yoki 960 kilometri dengiz sathidan 4000 metr balandlikdagi tog‘li tumanlardan, 550 kilometri esa abadiy muzliklar hududidan o‘tardi.

Xitoyliklar qanday qilib Tibetga 5 km balandlikdan temir yo‘li o‘tkazgani haqida

Temir yo‘l qurilishi, yuqorida aytilganidek, mamlakatni jiddiy muhandislik muammolariga ro‘baro‘ qildi. Gap shundaki, abadiy muzliklarning yuqori qatlami yozda qisqa muddatga erib, kechib o‘tish qiyin bo‘lgan botqoqlikka aylanishi mumkin. Yerning siljishi va yumshashi yo‘lning barqarorligiga jiddiy salbiy ta’sir o‘tkazadi. Bu tahdidning oldini olish uchun Sinxay—Tibet temir yo‘lining loyihalashtiruvchilari magistralning atrof-muhitga ta’siri va buning aksini istisno qiluvchi maxsus sxema ishlab chiqishdi.

Xitoyliklar qanday qilib Tibetga 5 km balandlikdan temir yo‘li o‘tkazgani haqida

Relslar qum bilan qoplangan maxsus chag‘irtoshlarga yotqizildi. Bu to‘shamadan havo aylanishini ta’minlash uchun quvurlar o‘tkazilib, nishablari quyosh nurini qaytaradigan metall bilan yopildi. Alohida uchastkalarda suyuq azotga to‘ldirilgan quduqlar ham yaratildi. Bularning bari yo‘l ostidagi to‘shamani muzlatib qo‘ydi, negaki abadiy muzlik qatlamining erib, yo‘lni siljitib yuborishiga monelik qiladigan tizim hosil qilindi.

Xitoyliklar qanday qilib Tibetga 5 km balandlikdan temir yo‘li o‘tkazgani haqida

Xitoyliklar qanday qilib Tibetga 5 km balandlikdan temir yo‘li o‘tkazgani haqida

Qurilish hududlaridagi past-balandliklarni yengib o‘tish uchun yo‘lning katta qismi estakadalarga yotqizildi. 1142 kilometrlik yo‘l bo‘ylab jami 160 kilometrlik 675 ko‘prik yaratildi. Estakadalarning tirgaklari asosi abadiy muzlik ichkarisiga mustahkamlangan qoziqlardan iboratdir, buning natijasi o‘laroq muzlikning yuqori qatlami yoz faslida erisa ham, bu yo‘l konstruksiyalariga hech qanday ta’sir ko‘rsatmaydi. Asos qoziqlar orasidagi masofa ular ostidagi havoning erkin aylanishiga to‘sqinlik qilmaydi, bu temir yo‘ldan chiqadigan issiqlikning yo‘lga ziyon yetkazishidan saqlaydi.

Xitoyliklar qanday qilib Tibetga 5 km balandlikdan temir yo‘li o‘tkazgani haqida

Estakadali uchastkalarning yana bir yutug‘i – ular magistral ostidan mahalliy fauna vakillarining erkin o‘tib yurishiga to‘sqinlik qilmaydi. Shu tariqa, Tibet ekotizimiga keltirilishi mumkin bo‘lgan salbiy ta’sir minimum darajaga tushirildi.

Xitoyliklar qanday qilib Tibetga 5 km balandlikdan temir yo‘li o‘tkazgani haqida

Yer yuzasidagi to‘shamalar ustidan o‘tadigan yo‘l uchastkalari to‘laligicha panjaralar bilan o‘rab olindi, jonivorlarning o‘tib-qaytishi uchun esa ularning ostidan tunnellar, ustidan ko‘priklar qurildi.

Xitoyliklar qanday qilib Tibetga 5 km balandlikdan temir yo‘li o‘tkazgani haqida

Qurilish ishlarining yakunlanishi bilan Tibet magistrali bir yo‘la bir qancha rekordlarni yangiladi. Jumladan, Golmuddan 350 kilometr narida 4900 metr balandlikda dunyodagi eng baland tog‘li tunnel qurildi. U Fenxoshan (Shamol vulqoni tunneli) nomini oldi.

Xitoyliklar qanday qilib Tibetga 5 km balandlikdan temir yo‘li o‘tkazgani haqida

Tang-La dovonida joylashgan shu nomdagi stansiya dunyodagi eng baland tog‘li temir yo‘l stansiyasi deb topildi. Uni o‘rab turgan tog‘lar tepalikka o‘xshab ko‘rinadi, lekin bu aldoqchi taassurotdir. Aslida Tang-La magistralning eng baland nuqtasidan (5072 metr) 4 metr pastroqda, dengiz sathidan 5068 metr balandlikda joylashgan.

Stansiya Sinindan turib boshqariladi. Tang-La yaqinida hech qanday aholi yashaydigan punkt yo‘q, shunga qaramay, bu yerda rekordchi stansiyaga munosib yirik vokzal qurildi.

Xitoyliklar qanday qilib Tibetga 5 km balandlikdan temir yo‘li o‘tkazgani haqida

Xitoyliklar qanday qilib Tibetga 5 km balandlikdan temir yo‘li o‘tkazgani haqida

Ko‘p hollarda vokzalga kelganda vagon eshiklari ham ochilmaydi. Bu hududda atmosfera bosimi dengiz sathidan standart balandlikdagi pasttekislik hududlariga nisbatan 35–40 foizni tashkil qiladi, bu insonlar sog‘lig‘iga xavf solishi mumkin.

Xitoyliklar qanday qilib Tibetga 5 km balandlikdan temir yo‘li o‘tkazgani haqida

Tog‘li hududlardan poyezdda o‘tish yo‘lovchilarda iliq taassurotlar qoldirishi uchun Sinxay—Tibet magistrali uchun maxsus sostav ishlab chiqildi. AQShning General Electric kompaniyasi magistral uchun NJ2 teplovozlarini ishlab chiqdi. Ular tog‘li hududlarda ishlash uchun modifikatsiya qilingan bo‘lib, 5100 ot kuchiga egadir. Lokomotivlar 15 vagonli sostavda tezlikni 120 km/soatga yetkazishi mumkin. Abadiy muzliklarda tezlik 100 km/soatdan oshmasligi kerak.

Xitoyliklar qanday qilib Tibetga 5 km balandlikdan temir yo‘li o‘tkazgani haqida

Vagonlar Kanadaning Bombardier kompaniyasiga tegishli zavodlarda, jami 361 dona (308 oddiy va 53 turistik). Ularning bari germetizatsiya qilingan, ichkarida kislorod bosimi standartga yaqin darajada ushlab turiladi.

Xitoyliklar qanday qilib Tibetga 5 km balandlikdan temir yo‘li o‘tkazgani haqida

Shunga qaramay, ba’zi yo‘lovchilar baribir kislorod yetishmovchiligi bilan bog‘liq tog‘ kasaliga chalinib turadi. Buning oldini olish uchun har bir o‘rin individual kislorod naychalari bilan ta’minlandi. Vagon derazalari oynasining maxsus tonirovka bilan qoplanishi yo‘lovchilarni quyosh radiatsiyasidan asraydi.

Xitoyliklar qanday qilib Tibetga 5 km balandlikdan temir yo‘li o‘tkazgani haqida

Standart vagonlarda o‘rinlar uch toifaga bo‘linadi: oddiy, platskart va kupe. Bundan tashqari, poyezdlarda restoran vagonlar mavjud.

Xitoyliklar qanday qilib Tibetga 5 km balandlikdan temir yo‘li o‘tkazgani haqida

Xitoyliklar qanday qilib Tibetga 5 km balandlikdan temir yo‘li o‘tkazgani haqida

Magistralning o‘tkazish quvvati sutkasiga sakkiz juft yo‘lovchi poyezdidan iborat. Ayni paytda Lxasa nafaqat qo‘shni Sinin, balki Pekin va Shanxay bilan ham bog‘langan. Pekin — Lxasa ekspressi 44 soat yo‘l yuradi. Chipta narxi 125 (platskart) yoki 200 (kupe) dollarni tashkil qiladi.

Sinxay—Tibet temir yo‘lining qurilishi 2001-yilda boshlandi. O‘shanda 20 000 ishchi Golmuddan va Lxasadan bir paytning o‘zida magistral yotqizishni boshladi. Ular 5 yil ichida bu vazifaning uddasidan chiqdi, barcha xarajatlar 3,68 milliard dollarni tashkil qildi. Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, sharoitning noqulayligiga qaramay, ish jarayonida halokatlar sodir bo‘lmagan, birorta ishchi qurbon bo‘lmagan.

Xitoyliklar qanday qilib Tibetga 5 km balandlikdan temir yo‘li o‘tkazgani haqida

7 yil ichida yo‘ldan 63 milliondan ortiq yo‘lovchi va 300 million tonnadan ortiq yuk o‘tdi. Yillik yo‘lovchi tashish ko‘rsatkichlari 2006-yilda 6,5 million kishini tashkil etgan bo‘lsa, 2012-yilda 11 million kishiga yetdi. Yillik yuk tashish ko‘rsatkichlari 2006-yilda 25 million tonnani, 2012-yilda 56 million tonnani tashkil qildi. Bu sonlardan yangi temir yo‘l Tibet muxtoriyati va qo‘shni Sinxay viloyatining iqtisodiy rivojlanish sur’atlarini oshirib borganini anglatadi.

Xitoyliklar qanday qilib Tibetga 5 km balandlikdan temir yo‘li o‘tkazgani haqida

Bundan tashqari, Tibetga yuk yetkazish xarajatlari birmuncha kamaydi. Turizm sohasining rivojlanishiga ham jiddiy turtki berildi. Shu bilan birga, Tibetga borish uchun haligacha maxsus ruxsatnoma talab qilinadi, aks holda poyezdga chiqib bo‘lmaydi. Bu Xitoy hukumati hanuzgacha Tibet ayirmachilaridan hadikdaligini ko‘rsatadi.

Xitoyliklar qanday qilib Tibetga 5 km balandlikdan temir yo‘li o‘tkazgani haqida

Ayrim siyosatchilarning fikricha, Sinxay—Tibet temir yo‘l magistrali Xitoy tomonidan Tibet muxtoriyatining mustamlaka qilinishida navbatdagi bir bosqich, xolos. Ayni paytda, loyiha mintaqaning tabiiy boyliklarini oson o‘zlashtirishda ham qo‘l keladi. Geologlar Tibetning tog‘li hududlaridan mis, qo‘rg‘oshin, rux konlarini, tez sur’atlarda rivojlanayotgan Xitoy sanoatiga zarur bo‘lgan boshqa resurslarni aniqlagan. Ekologlar, o‘z navbatida, infrastruktura imkoniyatlarining tug‘ilishi XXR hukumatini mazkur konlarni o‘zlashtirishga chorlashidan, bu esa mintaqaning nozik ekotizimiga jiddiy ziyon keltirishidan xavotirda.

Shunga qaramay, Tibet aholisi hozircha mamlakatning yaxshi rivojlangan sharqiy hududlariga osonlikcha yetib olish imkoniyati tug‘ilganidan xursand.

Xitoyliklar qanday qilib Tibetga 5 km balandlikdan temir yo‘li o‘tkazgani haqida

Xitoyliklar qanday qilib Tibetga 5 km balandlikdan temir yo‘li o‘tkazgani haqida

Xitoyliklar qanday qilib Tibetga 5 km balandlikdan temir yo‘li o‘tkazgani haqida

Xitoyliklar qanday qilib Tibetga 5 km balandlikdan temir yo‘li o‘tkazgani haqida
- deb xabar beradi Daryo nashri.


Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar

Новости партнеров

Календарь новостей

«    Декабрь 2016    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031