Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

ZTE 2015-yilda 100 million mobil qurilma sotdi

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 432           Дата: 11-02-2016, 10:41          
Foydalanuvchilar va tashkilotlar uchun telekommunikatsiyalar va mobil internet uchun yechimlar yetkazib berish bo‘yicha jahondagi yirik korporatsiyalardan biri hisoblangan ZTE mobil qurilmalar savdosida butun dunyo bo‘ylab sezilarli o‘sishga erishganini ma’lum qildi.

ZTE 2015-yilda 100 million mobil qurilma sotdi

ZTE o‘z hamkorlariga 100 million mobil qurilma yetkazib berdi. Ularning 56 milliontasi smartfonlardir. 2014-yilga nisbatan o‘sish 16 foizni tashkil etdi. Ayni vaqtda, kompaniyaning e’tirof etishicha, turli manbalarning baholash natijalari bo‘yicha, jahon mobil qurilmalar bozorining umumiy o‘sishi 11 foizdan oshmadi.

2015-yili ZTE kompaniyasi jahon bozoridagi o‘rnini mustahkamlab oldi. Bugungi kunga kelib ZTE smartfon ishlab chiqarish bo‘yicha jahonning olti yetakchi kompaniyalaridan biri hisoblanadi (CounterPoint agentligining yanvar—noyabr oylari uchun bergan ma’lumotlariga ko‘ra), shu bilan birga LTE-smartfonlarni yetkazib berish bo‘yicha jahonning 5ta yirik ishlab chiqaruvchilari qatoridan joy olgan (Strategy Analytics agentligining bergan ma’lumotiga ko‘ra).

Kompaniya ma’lumotlariga ko‘ra, Xitoy bo‘ylab devayslarni yetkazib berish sur’ati barqaror oshib bormoqda. 2015-yili kompaniya Xitoyda 15 million smartfon yetkazib berildi. ZTE kompaniyasi 4G qurilmalarni yetkazish bo‘yicha 5-o‘rinda bormoqda. Kompaniyaning ta’kidlashicha, sotilgan qurilmalarning 100 foizi LTE texnologiyasini qo‘llab-quvvatlaydi. Premium segmentga qaratilgan e’tibor va savdo tarmog‘ining rivojlantirilishi ZTE mahsulotlarining raqobatbardoshliligini oshirdi.

Shimoliy Amerika — ZTE uchun muhim bozorlaridan biri. ZTE Shimoliy Amerikada shartnomasiz sotiladigan qurilmalar bozorida ikkinchi o‘rinda bormoqda. Umuman olganda, kompaniya mobil qurilmalarni sotish bo‘yicha to‘rtinchi o‘rinni egallaydi.

2015-yili AQShga 20 million mobil qurilma, xususan, 15 million smartfon, shuningdek, mobil telefonlar, modullar, simsiz terminallar va kirish nuqtalari yetkazib berildi. 2014-yil bilan taqqoslaganda, ZTE AQShga smartfon yetkazib berishni 30 foizga oshirdi.

Butun 2015-yil davomida Osiyo va Tinch okeani mintaqasiga 11 million smartfon yetkazib berildi. Ushbu mintaqalarga mobil qurilmalarini yetkazib berish 120 foizga, LTE-telefonlarni yetkazib berish esa 150 foizga oshdi.

2015-yilda LTE texnologiyalarini quvvatlovchi qurilmalarni Yevropa davlatlariga yetkazib berish 2014-yilga nisbatan 400 foizga oshdi. ZTE kompaniyasi ma’lumotlariga ko‘ra, Yaqin Sharq, Afrika va Lotin Amerikasi mamlakatlariga 2015-yilda 15 million smartfon yetkazib berildi.

So‘nggi bir necha yildan beri ZTE’ning Lotin Amerikadagi savdolari hajmi 40 foiz darajasida o‘sib bormoqda. Yaqin Sharq va Afrika davlatlariga smart-devayslarni yetkazib berish 2014-yilga nisbatan 100 foizga oshgan. Kompaniyaning qayd etishicha, afrikaliklar smartfonlarni borgan sari ko‘proq xarid qilmoqda.

ZTE 2015-yilda 100 million mobil qurilma sotdi

ZTE — telekommunikatsion uskunalari va mobil aloqa vositalarini yetkazish bo‘yicha jahondagi eng ilg‘or ishlab chiqaruvchilardan biri. ZTE mahsulotlari simli va simsiz aloqa vositalari, mobil va fiksatsiya qilingan terminallar bozorlarining qariyb barcha jabhalarini qamrab olgan. Bugungi kunda ZTE kompaniyasi dunyoning qator mamlakatlarida o‘z savdo uylari va tadqiqot markazlariga ega bo‘lib, ularda o‘n minglab xodimlar mehnat qilmoqda.

Kompaniya 140 dan ortiq davlat va mintaqalarda, Osiyo va Tinch okeani, Janubiy Osiyo, Shimoliy Amerika, Yevropa, Lotin Amerikasi, Afrika va MDH davlatlarida 500 dan ortiq aloqa operatorlariga o‘z mahsulotlari va xizmatlarini taqdim etib kelmoqda.

ZTE kompaniyasi iqtisodiyotning turli sohalari uchun 50 dan ortiq yechimlarni ishlab chiqqan. Xitoy kompaniyasi iste’molchilar uchun telefondan tortib smartfon va planshetlargacha bo‘lgan mahsulotlarni ishlab chiqaradi. ZTE smartfonlarining asosiy dasturiy platformasi Android operatsion tizimidir.

ZTE’ning O‘zbekistondagi shu’ba korxonasi 10 yildan ortiq faoliyat yuritib kelmoqda. Ushbu davr mobaynida kompaniya ilg‘or kommunikatsion texnologiyalarni foydalanishga taqdim etdi, aholi uchun ishchi o‘rinlarni tashkil etib, O‘zbekiston aholisining kommunikatsiya texnologiyalari sohasiga oid bilimlarini yanada oshirish bo‘yicha qator tadbirlarni amalga oshirib kelmoqda hamda shu yo‘l bilan O‘zbekistonda telekommunikatsiya sohasining rivojiga katta hissa qo‘shmoqda.

O‘zbekistonning Beeline, Ucell, “O‘zbektelekom” va boshqa shu kabi telekommunikatsiya operatorlari Xitoy kompaniyasi uskunalaridan keng foydalanmoqda. 2013-yilning iyul oyida ZTE kompaniyasi Sirdaryo viloyatida mobil aloqa vositalari va ularning qo‘shimcha qurilmalarini ishlab chiqarish bo‘yicha quvvatlarni ishga tushirdi. Ushbu mobil telefonlar UZTE brendi ostida tayyorlanmoqda. Bugungi kunda korxona 6 turdagi smartfonlarni ishlab chiqarmoqda.

Reklama huquqi asosida

- deb xabar beradi Daryo nashri.


Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar

Новости партнеров

Календарь новостей

«    Декабрь 2016    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031