Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

O‘zbekistonda Samsung Galaxy A5 (2016) smartfoni 2,2 mln so‘mdan sotila boshladi

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 908           Дата: 8-02-2016, 10:22          
Samsung Electronics kompaniyasi O‘zbekistonda Samsung Galaxy A smartfonlarining yangilangan lineykasini sota boshladi, deb yozadi “Mobinfo.uz”. Lineykaga Galaxy A3, A5 va A7 modellari kiradi.

O‘zbekistonda Samsung Galaxy A5 (2016) smartfoni 2,2 mln so‘mdan sotila boshladi

2015-yil oxirida taqdim etilgan ushbu qurilmalar lineykasi  shisha va metall korpus, ergonomik dizayn, universal slot (SIM+SIM / SIM+microSD), katta sig‘imli akkumulyator, tezkor zaryad olish funksiyasi, mukammallashtirilgan kamera, yaxshilangan protsessor va 4G/LTE texnologiyasi bilan ajralib turadi.

Lineykadagi o‘rta model — Samsung Galaxy A5 barmoq izi skaneriga ega, uning yordamida qurilmani blokdan chiqarish, saytlarda parol kiritish, ijtimoiy tarmoqlardagi akkauntlarga kirish mumkin.

Smartfon 5,2 dyuymli va 1920×1080 pikselli Super AMOLED displey, sakkiz yadroli Samsung Exynos 7580 protsessori, 2Gb tezkor va 16 Gb ichki xotira, 2900 mA/soat sig‘imli akkumulyator, 13 megapikselli va 5 megapikselli old kamera bilan jihozlangan.

Qurilma TouchWiz firma qobig‘iga ega Android 5.1 operatsion tizimida ishlaydi.

Toshkentdagi “Fleshka” savdo majmuasida Samsung Galaxy A5 (2016) smartfonini 2,2 million so‘mga sotib olish mumkin.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq yangilangan lineykadagi Samsung Galaxy A3 (2016) smartfonini 1,7 million so‘mga xarid qilish mumkinligi haqida xabar berilgan edi.

Ushbu qurilmani ko‘rsatilgan narxda sotib olishga “Daryo” nashri kafolat bermaydi. Qurilma va uning narxi haqidagi axborot faqat tanishish uchun taqdim etilgan.

- deb xabar beradi Daryo nashri.


Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar

Новости партнеров

Календарь новостей

«    Декабрь 2016    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031 

Мы Онлайн