Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

F-35 rusumli qiruvchi-bombardimon samolyoti Atlantika okeanini ilk bor uchib o‘tdi

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 482           Дата: 6-02-2016, 15:10          
AQShning Lockheed Martin korporatsiyasi tomonidan ishlab chiqarilgan beshinchi avlodga mansub F-35 rusumli qiruvchi-bombardimon samolyoti 5-fevral, juma kuni o‘zining ilk transatlantik parvozini bajardi. Bu haqda “TASS” xabar qilmoqda.

F-35 rusumli qiruvchi-bombardimon samolyoti Atlantika okeanini ilk bor uchib o‘tdi

Samolyot Italiyaning shimolidagi Novara shahri yaqinida joylashgan Kameri bazasidan parvoz qilib, Azor arxipelagiga qarashli Terseyra orolidagi Portugaliyaning Lajes bazasiga kelib qo‘ndi. Shundan so‘ng, samolyot parvozini davom etdi va yetti soat davomida Atlantika okeanidan uchib o‘tib, AQShning Merilend shtatidagi Harbiy-dengiz kuchlarining Petaksent-River bazasiga yetib keldi.

Ma’lum qilinishicha, Italiyaga tegishli bo‘lgan harbiy samolyotni shu mamlakatning Harbiy-havo kuchlari mayori Janmarko boshqardi.

F-35A rusumli samolyotiga ikkita C-130 rusumli harbiy transport samolyoti, Eurofighter Typhoon qiruvchisi va Italiyaning ikkita parvozda yoqilg‘i quyish samolyoti hamroh bo‘ldi. Italiyadan Azorgacha uyushtirilgan parvozda samolyotga uch marotaba yoqilg‘i quyilgan bo‘lsa, Lajes bazasidan AQShgacha yana to‘rt marotaba yoqilg‘i quyishga to‘g‘ri keldi.

Eslatib o‘tamiz, Pentagon F-35 qiruvchi samolyotining 25 millimetrli to‘pidan jangovar aslahalardan foydalangan holda o‘q otilishini birinchi bor namoyish etgan edi.

- deb xabar beradi Daryo nashri.


Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar

Новости партнеров

Календарь новостей

«    Декабрь 2016    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031