Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

Android qurilmalari uchun o‘zbek tilida elektron kitob sotib olish imkoni paydo bo‘ldi

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 2 705           Дата: 23-01-2016, 21:30          
“Kitobim.uz” sayti Android qurilmalari uchun elektron kitoblar sotishni yo‘lga qo‘ydi. Bu haqda “Ziyouz.uz” xabar bermoqda.

Android qurilmalari uchun o‘zbek tilida elektron kitob sotib olish imkoni paydo bo‘ldi

Android smartfonlar uchun mo‘ljallangan Kitobim mobil dasturi orqali “Akademnashr” nashriyoti kitoblarining elektron versiyasini sotib olish mumkin.

Dasturning yangi versiyada telefon orqali ro‘yxatdan o‘tish imkoniyati bor, shuningdek, Click, MBANK tizimlari orqali hisobni to‘ldirib, kitoblar sotib olish mumkin.

Mobil dasturda “Kutubxona”, “Ruknlar”, “Majmualar”, “Mualliflar”, “Mashhur kitoblar” bo‘limlari mavjud. Kitob va muallif nomini qidiruvga berib, elektron kitobni topish mumkin.

Hozirgi vaqtda dastur orqali o‘zbek tilidagi 51 ta kitobni sotib olish, 300 dan ortiq kitobni qulay holatda bepul mutolaa qilish, onlayn va oflayn rejimda foydalanish imkoni mavjud.

2012-yildan beri faoliyat yuritayotgan Kitobim loyihasi o‘zbek tilida zamonaviy qurilmalar uchun elektron kitoblarni jamlash va kitobxonlarga qulay o‘qish imkoniyatini yaratishni o‘z oldiga maqsad qo‘ygan.

Shuningdek, mualliflarga o‘z ijod namunalarini qonuniy asosda elektron tarzda taqdim etish evaziga ma’lum darajada moddiy manfaat olishlariga ko‘maklashish, kitobxonlarga sifatli, qulay va zamonaviy elektron kitoblarni sotib olishlari uchun yordam berish ham loyiha maslaklaridandir.

- deb xabar beradi Daryo nashri.


Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar

Новости партнеров

Календарь новостей

«    Декабрь 2016    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031