Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

UzMobile GSM tarmog‘ining tariflari e’lon qilindi, Rasmiy xabar

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 3 021           Дата: 15-04-2015, 09:02          
UzMobile GSM tarmog‘ining tariflari e’lon qilindi, Rasmiy xabar

“O‘zbektelekom” AK matbuot xizmati 15-aprel kuni ishga tushiriladigan UzMobile GSM tarmog‘i tariflarini e’lon qildi.

Xabarda aytilishicha, tarmoqqa ulanish bepul bo‘lib, O‘zbekiston ichidagi qo‘ng‘iroqlar uchun kamida 2 dollar, xalqaro qo‘ng‘iroqlar uchun esa 5 dollar miqdorida oldindan to‘lovni amalga oshirish zarur.

UzMobile GSM ikki xil: Start va UzMobile 4000 tarif rejalarini taqdim etadi. Faqat jismoniy shaxslar uchun mo‘ljallangan Start tarifida kuniga 0,15 dollarlik abonent to‘lovi mavjud bo‘lib, oyiga 250 daqiqalik vaqt qo‘shib beriladi. O‘zbekiston bo‘yicha chiquvchi qo‘ng‘iroqlar tarmoq ichida 0,015 dollar (1,5 sent), tarmoq tashqarisida 0,02 dollarga teng, barcha kiruvchi qo‘ng‘iroqlar esa bepul. Shuningdek, rejada 120 Mb internet-trafik qo‘shib beriladi. Undan tashqari ketadigan trafikning 1 megabayti 0,05 dollar deb hisoblanadi. Chiquvchi SMS narxi esa 0,015 dollarga teng.
UzMobile GSM tarmog‘ining tariflari e’lon qilindi, Rasmiy xabar

Uzmobile 4000 tarif rejasidan ham jismoniy, ham yuridik shaxslar foydalana oladi. Unda abonent to‘lovi oyiga 20 dollar bo‘lib, 4000 daqiqa vaqt qo‘shib beriladi. O‘zbekiston bo‘ylab tarmoq ichidagi va tashqarisidagi qo‘ng‘iroqlar 0,01 dollar (1 sent)dan hisoblanadi. Shuningdek, tarifga 600 Mb internet va 600 ta bepul SMS ilova qilinadi. Limitdan oshgach, 1 Mb internet uchun 0,03 dollar, har bir chiquvchi SMS uchun esa 0,005 dollar ushlab qolinadi.

Shuningdek, saytda internet-paketlar, VPN-paketlar tariflari, korporativ mijozlar va byudjetdan moliyalashtiriladigan tashkilotlar uchun tarif rejalari, xalqaro qo‘ng‘iroqlar uchun tariflar batafsil keltirilgan.
UzMobile GSM tarmog‘ining tariflari e’lon qilindi, Rasmiy xabar

Eslatib o‘tamiz, Toshkent shahri va Toshkent viloyatida UzMobile GSM tarmog‘ining tijoratli foydalanish uchun ishga tushirilishi dastlab 10-aprelga belgilangan, so‘ng zarur qo‘shimcha texnik va ishga tushirish-sozlash ishlarining o‘tkazilishi munosabati bilan 15-aprel kuniga ko‘chirilgan edi.

UzMobile GSM tarmog‘iga abonentlarning ulanishi Toshkent shahri va Toshkent viloyatidagi barcha “O‘zbektelekom” AK sotuvlar ofislarida 15-aprel kuni soat 14:00 dan boshlanadi.

Eslatib o‘tamiz, 2014-yil 12-fevralda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-2126 sonli “Mobil aloqa milliy operatori faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Qarori qabul qilingan edi. Qarorga muvofiq “O‘zbektelekom” AK UzMobile filiali O‘zbekiston mobil aloqasi milliy operatoriga aylandi, unga mobil aloqa bozorida milliy kompaniyalarning keng ishtiroki uchun zarur sharoitlarni yaratish hamda mamlakatning ko‘chma mobil aloqa tarmoqlarini yanada rivojlantirish, shuningdek, axborot xavfsizligini ta’minlash vazifalari yuklatilgan.

Manba: www.daryo.uz


Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar

Новости партнеров

Календарь новостей

«    Декабрь 2016    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031 

Мы Онлайн