Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

AQSH axborot qo‘shinlari Rossiya ijtimoiy tarmoqlariga bostirib kirishga tayyor holga keldi

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 776           Дата: 14-04-2015, 16:26          
AQSH axborot qo‘shinlari Rossiya ijtimoiy tarmoqlariga bostirib kirishga tayyor holga keldi

AQSH hukumati Rossiyaga qarshi ijtimoiy tarmoqlar vositasida kurash olib boradi. Axborot qo‘shinlari “VKontakte”, “Odnoklassniki” ijtimoiy tarmoqlari, Facebook va Twitter’ning rusiyzabon segmentlariga bostirib kirishadi, deya xabar bermoqda “Vesti.ru”.

Ushbu maqsadlar uchun AQSH hukumati 15 million dollar ajratadi. Taqqoslash uchun, AQSH hukumati “Iroq va Shom islom davlati” terrorchilariga qarshi kurash uchun ikki yarim barobar kam – 6,1 million dollar ajratgan.

Radio Free Europe’ning Chexiyadagi ofisi negizida raqamli kibershtab tashkil etilishi rejalashtirilmoqda – shtab xodimlari ijtimoiy tarmoqlar va WhatsApp messenjeri yordamida “Rossiya media makonidagi dezinformatsiya”ga qarshi kurashadi.

Kibershtabni tuzish uchun ariza bergan AQSH “Eshittirishlar masalasi bo‘yicha boshqaruvchilar kengashi” hukumat tashkiloti fikricha, Rossiya “dezinformatsiya tarqatish bo‘yicha xalqaro mexanizm”ni ishga tushirgan. Bunga qarshi esa “original dasturlar va siyosiy satira” yordamida kurashiladi.

Masalan, Rossiya ijtimoiy tarmoqlarida “Footage vs Footage” (“Syomkaga qarshi syomka”) loyihasi ishga tushiriladi, bu loyiha Rossiya teletashviqotini fosh etish bilan shug‘ullanadi. Bu loyiha uchun roliklar Rossiya va xorijiy OAV aynan bir xil axborotni qanday farqli jihatlar bilan uzatayotgani haqidagi faktlar asosida tayyorlanadi.

“RIA Novosti”ning xabar berishicha, axborot urushi doirasida “Amerika ovozi” Rossiya OAVlari bilan, masalan, “RBK-TV” bilan hamkorlikni kengaytiradi. Biroq “RBK-TV” vakillari “Amerika ovozi” bilan hamkorlik kengayishi haqidagi axborotlarni rad etishmoqda.

Manba: www.daryo.uz


Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar

Новости партнеров

Календарь новостей

«    Декабрь 2016    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031 

Мы Онлайн