Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

«Uzmobile»ning GSM tarmog‘i tarif rejalari narxi ma’lum bo‘ldi

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 4 144           Дата: 9-04-2015, 20:57          
«Uzmobile»ning GSM tarmog‘i tarif rejalari narxi ma’lum bo‘ldi

15 apreldan ish boshlashi kutilayotgan «Uzmobile»ning GSM tarmog‘i uchun chiqarilgan tarif rejalari va ularning narxlari yozilgan suratlar internetda paydo bo‘ldi. Unga ko‘ra yangi ish boshlaydigan operator «Yaqin», «Yaxshi», «Yana» va «Ajoyib» nomlari ostidagi to‘rtta tarif rejasini o‘z ichiga oladi.
«Uzmobile»ning GSM tarmog‘i tarif rejalari narxi ma’lum bo‘ldi

«Yaqin» tarif rejasida kunlik abonent to‘lovi 5 tsentni tashkil qiladi. Tarif oylik bepul 30 daqiqa va 50 mb bepul internet trafigini o‘z ichiga oladi. O‘zbekiston bo‘ylab chiqish qo‘ng‘iroqlari (30 daqiqalik limit tugagach) 2,5 tsentn tashkil qiladi. «Yaxshi» tarif rejasida esa kunlik abonent to‘lovi 15 tsent bo‘lib, 250 bepul daqiqa va 120 mb bepul internet trafigi o‘z ichiga oladi. O‘zbekiston bo‘ylab chiqish qo‘ng‘iroqlari 2 tsent, bitta SMS-xabar esa 1,5 tsentni tashkil qiladi.

«Yana» tarif rejasida oylik abonent to‘lovi 12 dollar bo‘lib, bunda oylik 1200 bepul daqiqa va 300 mb bepul internet trafiklari bonus sifatida belgilab qo‘yilgan. O‘zbeikston bo‘ylab boshqa qo‘ng‘iroqlar 2 tsent, tarmoq ichidagi qo‘ng‘iroqlar va O‘zbekiston bo‘ylab bitta SMS-xabar narxi esa 1 tsentni tashkil qiladi. «Ajoyib» tarif rejasida oylik abonent to‘lovi 20 dollarni tashkil etadi. Tarif oylik 4000 ming daqiqa va 600 mb internet trafigini bonus sifatida taqdim etadi. O‘zbekiston bo‘yicha boshqa har qanday qo‘ng‘iroqlar 1 tsent, bitta SMS-xabar narxi esa yarim tsentni tashkil qiladi.

Kompaniya prays-qog‘ozida yozilishicha, «Yaqin», «Yaxshi» tarif rejalari faqatgina jismoniy shaxslar uchun taqdim etiladi. «Yana» va «Ajoyib» tarif rejasidan esa jismoniy va yuridik shaxslar bir vaqtning o‘zida foydalanishi mumkin.

Manba: www.kun.uz


Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar

Новости партнеров

Календарь новостей

«    Декабрь 2016    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031 

Мы Онлайн