Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

Google sotib olishi mumkinligi haqidagi mish-mishlar Twitter’ning qiymatini 1,5 milliard dollarga oshirdi

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 1 054           Дата: 9-04-2015, 19:38          
Google sotib olishi mumkinligi haqidagi mish-mishlar Twitter’ning qiymatini 1,5 milliard dollarga oshirdi

Google kompaniyasi Twitter’ni sotib olmoqchi ekanligi mish-mishlar ortidan, Nyu-York fond birjasi (NYSE)da Twitter’ning bir dona aksiyasi bahosi 7-aprel kuni 5 foizga – 53,28 dollargacha qimmatlashdi. Bu haqda Reuters xabar bermoqda.

Shunday qilib, The Telegraph gazetasining qayd etishicha, mikrobloglar servisining kapitalizatsiyasi darhol 1,5 milliardga qimmatlab, 34 milliard dollardan oshib ketgan. Twitter aksiyalari bahosi birdan o‘sib, 8-aprel kuni barqaror holatga kelgan – shu kuni NYSE’da Twitter’ning bir aksiyasi 52,97 dollarga baholanayotgan edi.

Briefing.com tahlil kompaniyasi ma’lumotlariga ko‘ra, Twitter o‘zini sotish haqida tushgan birdaniga ikki taklifdan qutulish maqsadida Goldman Sachs kompaniyasini yollagan. Salohiyatli xaridorlar orasida Google ham bo‘lgan. Twitter’ning o‘zi esa bu haqdagi mish-mishlarga izoh bermayapti.

The Guardian gazetasining taxminicha, Google ixtiyorida 60 milliard dollardan ortiq naqd pul bo‘lgan hozirgi vaqtda Twitter mikrobloglar servisini sotib olish uchun 50 milliard dollardan voz kecholgan bo‘lardi.

Google Twitter’ni sotib olishi mumkinligi haqidagi mish-mishlar ko‘pdan beri bor. Xususan, shunday xabarlar 2015-yilning yanvarida ham tarqalgan, natijada Twitter’ning aksiyalari bahosi 3,3 foizga qimmatlashgan edi. 2011-yil fevralida esa Google, Facebook va boshqa bir necha kompaniyalar Twitter’ni 10 milliard dollar evaziga “yutib yuborish” yuzasidan muzokaralar o‘tkazayotgani haqida xabarlar berilgan edi.

Bundan tashqari, Twitter asoschilaridan Evan Uilyams va Biz Stoun Google bilan savdo qilish tajribasiga ega – 2003-yili ular o‘zlarining Blogger blog-platformasini Google’ga sotishgan. Savdo qiymati oshkor qilinmagan.

Hozirgi vaqtda Twitter’ning bir oyda 288 million faol foydalanuvchisi bor. Bir kunda mikrobloglar servisida 500 million xabar (tvit) yoziladi. Kompaniyaning yillik pul aylanmasi 1 milliard dollarga baholanmoqda.

Manba: www.daryo.uz


Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar

Новости партнеров

Календарь новостей

«    Декабрь 2016    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031 

Мы Онлайн