Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

“Toshshahartransxizmat” avtobuslar harakatini mobil dastur orqali kuzatish xizmatida “qisqa muddatli” nosozliklar yuz berishi mumkinligidan ogohlantirdi

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 624           Дата: 12-01-2016, 14:40          
“Toshshahartransxizmat” kompaniyasi 2016-yilda “avtobuslar harakatini kuzatish” xizmati ko‘rsatilmasligi haqidagi xabarlarni rad etdi. Bu haqda kompaniya saytida axborot berilgan.

“Toshshahartransxizmat” avtobuslar harakatini mobil dastur orqali kuzatish xizmatida “qisqa muddatli” nosozliklar yuz berishi mumkinligidan ogohlantirdi

Foto: UZ24

Kompaniyaning qayd etishicha, shahar avtobuslari harakatini mobil qurilma va veb-interfeys orqali kuzatish imkonini beruvchi “VIA.uz” dasturini ishlab chiqqan VIA-TASHKENT kompaniyasi shartnoma yakuniga yetgan.

Shu munosabat bilan, “Toshtransdispetcherxizmat” unitar korxonasi Respublika tovar-xomashyo birjasiga “Yo‘lovchi transporti reyslari bajarilishi faoliyatini monitoring qilish bo‘yicha dasturiy mahsulotni taqdim etish va 2016-yil oxirigacha texnik qo‘llab-quvvatlash” xizmatlarini sotib olish bo‘yicha talabnoma joylashtirgan.

“Toshshahartransxizmat” kompaniyasining rasman ma’lum qilishicha, mazkur yo‘nalishdagi ishlar to‘xtatilmaydi, aksincha, davom ettiriladi va yanada takomillashtiriladi. “Avtobus harakatini kuzatish” xizmatini ko‘rsatuvchi kompaniya o‘zgargan taqdirda, mazkur loyiha faoliyatida qisqa muddatli texnik nosozliklar ro‘y berishi mumkin, ularni imkon qadar qisqa muddatda bartaraf etish rejalashtirilgan.

“‘Toshshahartransxizmat’ aksiyadorlik kompaniyasi vaqtinchalik noqulayliklar uchun uzr so‘raydi va foydalanuvchilarning Toshkent shahar transporti faoliyatiga bo‘lgan faol qiziqishi uchun minnatdorchilik bildiradi”, — deyiladi kompaniya axborotida.

Avvalroq, VIA-TASHKENT kompaniyasi 14-yanvardan boshlab “VIA.uz” mobil dasturi orqali shahar avtobuslarining harakati to‘g‘risidagi ma’lumotlarni uzatmasligini ma’lum qilgandi. VIA-TASHKENT rahbari “Toshshahartransxizmat” mazkur yo‘nalishda xizmat ko‘rsatuvchi korxonani o‘zgartirishga qaror qilganini aytib o‘tgandi.

Manba: Daryo.uz


Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar

Новости партнеров

Календарь новостей

«    Декабрь 2016    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031 

Мы Онлайн