Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

“Toshshahartransxizmat” shahar avtobuslari harakatini smartfonda kuzatish imkonini beruvchi loyihani to‘xtatishga qaror qildi

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 726           Дата: 12-01-2016, 10:31          
Toshkentdagi avtobuslar harakatini smartfonda kuzatish imkonini beruvchi loyiha 2016-yil 14-yanvardan to‘xtatiladi. Bu haqda “VIA.uz” mobil dasturida axborot berilgan.

“Toshshahartransxizmat” shahar avtobuslari harakatini smartfonda kuzatish imkonini beruvchi loyihani to‘xtatishga qaror qildi
[media=]

“Toshshahartransxizmat” kompaniyasi rahbariyati qaroriga muvofiq va “Toshtransdispetcherxizmat” korxonasi bilan VIA-TASHKENT’ning shartnomasi tugagani sababli, 14-yanvardan “VIA.uz” tizimida avtobus marshrutlari bo‘yicha ma’lumotlar berilishi to‘xtatiladi.

“Toshshahartransxizmat” shahar avtobuslari harakatini smartfonda kuzatish imkonini beruvchi loyihani to‘xtatishga qaror qildi
[media=]

“Toshshahartransxizmat” kompaniyasi nima sababdan bunday qaror qabul qilgani, VIA-TASHKENT kompaniyasi nima uchun “Toshtransdispetcherxizmat” korxonasi bilan shartnomasini uzaytirmaganiga aniqlik kiritilmagan.

2014-yil oxirida ishga tushirilib, keyin to‘xtab qolgan va 2015-yil noyabrida qayta ishga tushirilgan loyiha yordamida kerakli avtobusning tegishli bekatga kelish vaqtini bilish, avtobuslar harakati jadvali bilan tanishish va hatto transport vositasining xaritadagi harakatini kuzatish mumkin edi.

“VIA.uz” mobil dasturining Android operatsion tizimida ishlaydigan qurilmalar uchun mo‘ljallangan versiyasi, 12-yanvar holatiga ko‘ra, 10—50 ming martalik miqdor oralig‘ida yuklab olingan. Ma’lumot uchun, 2015-yilning oktabr oyi holatiga ko‘ra, Toshkent shahridagi avtobuslar xizmatidan 616 mingdan ortiq yo‘lovchi foydalanadi.

Loyiha “Toshtransdispetcherxizmat” korxonasi va Toshkent shahar hokimligining Yo‘lovchi transportining barcha turlari harakatini litsenziyalash va muvofiqlashtirish departamenti ishtirokida ishlab chiqilgani haqida avvalroq xabar berilgan edi.

Manba: Daryo.uz


Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar

Новости партнеров

Календарь новостей

«    Декабрь 2016    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031 

Мы Онлайн