Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

Durov Telegram’ning xavfsiz ekani borasida Snouden bilan bahslashdi

Автор: admin Комментариев: 0            Просмотров: 643           Дата: 20-12-2015, 22:05          

AQSh maxsus xizmatlarining sobiq xodimi Edvard Snouden Telegram messenjerida xavfsizlik yetarli darajada ta’minlanmagani haqida fikr bildirganidan so‘ng, ommabop messenjerlardagi muloqotlarning maxfiyligi yana muhokama mavzusiga aylandi, deya xabar bermoqda TJournal.

Foto: RT

Snoudenning bayonotidan ko‘p o‘tmay, Twitter’dagi muhokamalarga Telegram asoschisi Pavel Durov ham qo‘shildi hamda Snouden va boshqa blogerlar bilan birga messenjerlar avvalboshdan muloqotlarni shifrlashi kerak-nokerakligi borasida bahsga kirishdi.

Twitter foydalanuvchilaridan biri Telegram, uning fikricha, yetarli darajada xavfsiz ekanligi haqida qoldirgan tvitiga javoban, Open Whisper Systems (OWS) vakillari Telegram muloqotlarni avvalboshdan shifrlamasligi va oddiy chatlardagi suhbatlarni o‘z serverlarida shifrlanmagan holda saqlashini ma’lum qildi.

Boshqa bir foydalanuvchi OWS’dan iqtibos keltirgan tvitni Edvard Snouden o‘z o‘quvchilari bilan bo‘lishgan. Uning qo‘shimcha qilishicha, Telegram “xavfli” sozlashlardan qutulish uchun, keng ko‘lamli yangilanishni amalga oshirishi kerak.

Muloqotga OWS asoschisi va Signal messenjeri ishlab chiquvchisi Moksi Marlinspayk qo‘shildi (u avvalroq Twitter’ning xavfsizlik bo‘limida ishlagan; ismi aslida taxallus). Signal o‘zini himoyalangan messenjer sifatida taqdim etadi va Snouden aynan shu muloqot vositasidan har kuni foydalanishini bir necha bor ta’kidlagan.

Marlinspaykning ta’kidlashicha, Telegram o‘zini targ‘ib qilishi va aslida qandayligi o‘rtasida farq bor. OWS rahbarining so‘zlariga ko‘ra, Durovning messenjeri xabarlarni avvalboshdan shifrlamaydi, biroq ularni o‘z serverlarida saqlaydi. Ayni vaqtda, messenjer o‘zini himoyalangan, deb targ‘ib qiladi, ammo haqiqiy shifrlash aslida faqat “maxfiy chatlar”da kuzatiladi.

Snoudenning qayd etishicha, Telegram serverlaridan muloqotlarning ochiq matnini ko‘rish mumkinligi foydalanuvchilarning yozishmalarini kuzatish uchun texnik imkoniyat borligini ko‘rsatadi.

Durovning so‘zlariga ko‘ra, Telegram shifrlanmagan xabarlarni saqlamaydi va, agar xabarlar telefon xotirasidan o‘chirilsa, ularni qayta tiklab bo‘lmaydi; u xabar muallifini “puli to‘langan uydirma” tarqatishda aybladi. Durov Snoudenga javob berarkan, agar foydalanuvchiga “bulutli” sinxronizatsiya kerak bo‘lmasa yoki u Telegram’ga ishonmasa, “maxfiy chatlar”dan foydalanishi mumkinligi, bu chatlardagi yozishmalarni suhbat ishtirokchilaridan boshqa hech kim o‘qiy olmasligini aytib o‘tdi.

“Maxfiy chatlar”ning muammosi shundaki, ularni shifrlash kaliti jismoniy jihatdan masofadagi serverda emas, balki bevosita qurilmaning o‘zida bo‘ladi, shu sababli ham ularni “bulutli” tarzda sinxronizatsiya qilib bo‘lmaydi. Telegram asoschisining so‘zlariga ko‘ra, u ishlab chiqqan messenjerning o‘rtacha foydalanuvchisi xabarlarni shifrlashdan ko‘ra sinxronizatsiya qilinishi ma’qul ko‘radi.

Durov Snoudenning Telegram xavfsiz emasligi haqidagi dastlabki tanqidiga: “IShID uchun yetarli darajada xavfsiz”, deb javob berdi, biroq keyinroq bu tvitini o‘chirib tashladi. Katta ehtimol bilan, Durov bu javobni yozgan vaqtida Telegram terrorchilarga ko‘mak berayotgani haqidagi ayblovlarni nazarda tutgan; Telegram asoschisi bu ayblovlarni bir necha bor rad etgan edi.

Telegram 18-noyabr kuni, Apple’ning talabiga muvofiq, “Iroq va Shom islom davlati” (IShID)ga aloqador 78 ta kanalni yo‘q qilgani haqida axborot bergandi. Bundan bir kun avval esa IShID tarafdorlari muloqot qiladigan forumlarning birida jangarilar tomonidan foydalanilayotgan Telegram’ning xavfsiz ekani shubha ostiga olingandi.


Manba: daryo.uz


Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar

Новости партнеров

Календарь новостей

«    Декабрь 2016    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031 

Мы Онлайн