Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

O‘zbekiston mobil operatorlari Yangi yil oqshomiga tayyorgarlik ko‘rmoqda

Автор: admin Комментариев: 0            Просмотров: 430           Дата: 19-12-2015, 18:41          

O‘zbekiston mobil aloqa operatorlari Yangi yil oqshomida aloqa tarmog‘ida nosozliklar bo‘lmasligi, xususan, bayram tabriklari, qo‘ng‘iroqlari o‘z vaqtida amalga oshirilishi uchun tegishli choralar ko‘rmoqda, deya xabar bermoqda “Darakchi” gazetasi.

Foto: “Bilayn-O‘zbekiston”

Xususan, “Bilayn-O‘zbekiston” o‘z SMS-markazida yuklamalar hajmi oshib ketmasligi uchun qisqa muddatli rejali ish tartibiga o‘tadi, asosiy tizimda esa profilaktik qayta yuklashni amalga oshiradi.

“31-dekabr kuni barcha hududlarda tarmog‘imiz sig‘imini kengaytiramiz. Unutmaslik kerakki, mobil operatorlarning sifatli ishlashi elektr ta’minotiga ham bog‘liq. 1-yanvarga o‘tar kechasi havo qancha sovuq bo‘lsa, yuklama ham shuncha ortadi”, — dedi “Bilayn-O‘zbekiston”ning jamoatchilik bilan aloqalar xizmati rahbari Oraz Abdurazzoqov.

UzMobile vakillarining ma’lum qilishicha, Yangi yil kechasi ishning avj nuqtasi 23:00 da boshlanadi. “O‘sha kuni operatorlarimiz sonini ko‘paytiramiz”, — deydi kompaniya call-markazi 1-toifali mutaxassisi Baxtiyor Mirhabibov. UMS operatori ham Yangi yil kechasida call-markazdagi operatorlar sonini oshirishini ma’lum qildi.

“Kompaniyaning texnik bloki maxsus ishlab chiqilgan reja asosida ishlayapti. Mazkur blok tarmoqni me’yoridan oshgan yuklamalar rejimiga ulaydi. Bu esa katta miqdordagi ovozli va internet trafigi intensivligini oshiradi. Yangi yil kechasida navbatchi guruhda texnik xodimlar bilan bir qatorda tarmoq qurilmalari muntazam monitoringini amalga oshirish uchun biriktirilgan maxsus xodimlar ham ishlaydi”, — dedi UMS matbuot kotibi Elina Sakayeva.


Manba: daryo.uz


Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar

Новости партнеров

Календарь новостей

«    Декабрь 2016    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031