Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

Google Qozog‘istonni xos dudl orqali Mustaqillik kuni bilan tabrikladi

Автор: admin Комментариев: 0            Просмотров: 1 348           Дата: 16-12-2015, 17:52          

Qozog‘iston mustaqilligiga 16-dekabr kuni 24 yil to‘lgani munosabati bilan, “Google Qozog‘iston”ning bosh sahifasida aynan shu sanaga bag‘ishlangan dudl (doodle) paydo bo‘ldi.

kazakh1

Google bundan avval ham Qozog‘istonni mustaqillik kuni bilan tabriklagan — 2011-yili, Qozog‘iston mustaqilligining 20 yilligida “Google Qozog‘iston” bosh sahifasida shu sanaga bag‘ishlangan dudl paydo bo‘lgandi. Shunday qilib, Google ikkinchi marta faqat Qozog‘istonga atalgan dudlni ishlab chiqib, uni mintaqaviy loyihasi bosh sahifasiga joylashtirdi.

Qozog‘iston mustaqilligining 20 yilligi munosabati bilan chiqarilgan dudl

“Google Qozog‘iston”ning bosh sahifasida turli yillarda Navro‘z, O‘qituvchilar kuni, Bolalarni himoya qilish kuni, Bilimlar kuni — ya’ni, bir vaqtning o‘zida bir necha mamlakatlarda bir xilda nishonlanadigan bayram va sanalar munosabati bilan, shuningdek, asosan Rossiya (va sobiq SSSR) bilan bog‘liq sanalar (shoir Aleksandr Pushkinning tug‘ilgan kuni, rassom Ilya Repinning tug‘ilgan kuni, artist Vladimir Visotskiy tavalludining 74 yilligi va h.k.) sabab tayyorlangan dudllar chiqarilgan.

“Google O‘zbekiston” sahifasida shu vaqtgacha chiqqan xos dudllar

E’tiborga molik tomoni, Google Markaziy Osiyo respublikalarining boshqa hech biriga, jumladan, O‘zbekistonga ham bunday e’tibor qaratmagan. “Dudllar arxivi”ga ko‘ra, “Google O‘zbekiston” bosh sahifasida shu vaqtgacha 10 marta Google’ning odatiy logotipidan farqli ramz paydo bo‘lgan bo‘lib, ularning 5 tasi Navro‘z bilan bog‘liq (qolganlari esa Rossiya bilan — G‘alaba kuni (2006-yil), Gogolning 200 yilligi, Pushkinning tug‘ilgan kuni, Ilya Repinning tug‘ilgan kuni, Visotskiyning 74 yilligi).

Armaniston (chapda) va Gruziya mustaqillik kunlariga bag‘ishlangan dudllar

Markaziy Osiyo mintaqasiga nisbatan yaqin Kavkazda ham Google har bir mustaqil respublikani alohida qayd etib o‘tgan. Xususan, Armaniston va Gruziyani mustaqillik kuni bilan tabriklagan, Ozarbayjonni nafaqat mustaqillik kuni bilan, balki ushbu mamlakatning taniqli bastakori va musiqashunosi Uzeir Hojibekovni 128 yilligi bilan qutlagan.

“Google Ozarbayjon” sahifasida chiqqan so‘nggi olti xos dudl — ikkitasi Ozarbayjonning o‘ziga bag‘ishlangan

Google Doodles sahifasida yozilishicha, dudllar uchun g‘oyalarni ham kompaniya xodimlari, ham Google foydalanuvchilari taqdim etadi. Takliflarni proposals@google.com elektron pochta manziliga yo‘llash mumkin. Har bir dudl ustida rassomlar va muhandislar guruhi ish olib boradi, ba’zi dudllarni ishlab chiqish jarayoni, The Guardian’ning qayd etishicha, bir necha oygacha vaqt oladi.

Asli vatani hozirgi O‘zbekistonda bo‘lgan va lekin O‘zbekistonning o‘zida ko‘rinmagan Al-Beruniyga atalgan dudl

Qiziq fakt: Abu Rayhon Beruniy tug‘ilgan joyi hozirgi Qoraqalpog‘iston hududida joylashgan va 1957-yildan beri Beruniy deb ataladi. Google esa 2012-yil 4-sentyabrida — Beruniy tavalludiga 1039 yil to‘lgan kunda Afg‘oniston, Iroq, Saudiya Arabistoni, BAA, Qatar, Ummon, Bahrayn, Kuvayt, Iordaniya, Misr, Liviya, Tunis, Jazoir va Marokashdagi Google bosh sahifalariga aynan Beruniyga atalgan dudlni chiqargan.


Manba: daryo.uz


Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar

Новости партнеров

Календарь новостей

«    Декабрь 2016    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031