Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

UMS, Beeline va Ucell narxlarini taqqoslaymiz

Автор: ELLO Комментариев: 3            Просмотров: 7 381           Дата: 27-11-2014, 23:46          

Foto: “Daryo”

Internetda UMS mobil aloqa operatorining rasman tasdiqlanmagan “Start” va “Maxi” tarif rejalari haqida ma’lumot paydo bo‘ldi. Ularni quyida Beeline va Ucell mobil aloqa operatorlarining tarif rejalari bilan taqqoslaymiz, deb xabar bermoqda "Daryo" nashri.

Izlanishlar natijasida UMS mobil aloqa operatorining “Start” tarif rejasi Beeline’ning “Oddiy” va “Bravo Ooo” hamda Ucell’ning “Oddiy” va “Ko‘proq” tarif rejalari bilan o‘xshash ekanligi aniqlandi.

UMS’ning “Start” tarif rejasida kunlik abonent to‘lovi Ucell’dagidan 2,5 barobar, Beeline’dagidan esa 1,5 barobar qimmat. O‘zbekiston bo‘yicha SMS jo‘natish va tarmoq ichida chiquvchi qo‘ng‘iroqlar uchun to‘lov miqdori ham UMS’da boshqa aloqa operatorlariga nisabatan bir sentga ko‘proq.

O‘zbekiston bo‘yicha barcha chiquvchi qo‘ng‘iroqlar ushbu aloqa operatorlarida deyarli bir xil — daqiqasiga 3 sent, faqatgina Beeline’ning “Oddiy” tarif rejasida ushbu xizmat narxi 2 sentni tashkil etadi. Uchala aloqa operatorida ham 1 Mb internet narxi 10 sentni tashkil etadi.

UMS’ning “Start” tarif rejasida har oy 100 Mb internet traffik taqdim etilsa, Beeline’da hisobni 2,99 dollarga to‘ldirilganda bir hafta uchun 200 daqiqa, Ucell’da esa 2—2,99 dollarga hisob to‘ldirilganda bir hafta uchun 200 daqiqa va 20 Mb internet-traffik taqdim etiladi.

UMS’ning “Maxi” tarif rejasini boshqa kompaniyalar narxlari bilan solishtiramiz

UMS aloqa operatorining “Maxi” tarif rejasi esa Beeline’ning “Status Silver” hamda Ucell’ning “Unlimited” tarif rejalari bilan o‘xshash bo‘lib, quyidagi jadvalda ularning narxini taqqoslash mumkin.

Foto: “Daryo”

Ucell’ning “Unlimited” tarif rejasida abonent to‘lovi UMS va Beeline’dagiga qaraganda ikki barobar baland va bu tarifga o‘tish uchun 50 sent to‘lash zarur bo‘ladi. O‘zbekiston bo‘ylab qo‘ng‘iroqlar uchun Ucell tarifida oyiga 3000 daqiqa, UMS’da 1000 va Beeline’da 300 daqiqa taqdim etiladi.

Ucell oyiga taxminan 3000 ta bepul SMS taklif qilayotgan bo‘lsa, Beeline’da nisbatan ko‘proq — 3300 ta SMS, ammo ularning faqatgina 300 tasini O‘zbekiston bo‘yicha jo‘natish mumkin. Qolgan 3000 tasi tarmoq ichida jo‘natish uchun taqdim etilgan. UMS’ning “Maxi” tarifida esa bepul SMSlar mavjud emas.

Uchala aloqa operatorida boshqa chiqish qo‘ng‘iroqlari va SMS/MMS jo‘natish narxlari deyarli bir xil. Biroq, eng ko‘p oylik bepul internet traffigini UMS taqdim etmoqda. Bunda UMS aloqa operatori Beeline’dan ikki barobar, Ucell’dan esa 25 foiz ko‘p oylik internet trafigini bepul taqdim etadi.




Похожие музыки

Похожие клипы

Комментарии пользователей

Start tarifi dan tashqari barcha tariflari qimmat ekan ums beeline va ucelldan qolishmas ekan.

Axir umsda har qanday operatorga ham shu daqiqani sarflaydiku ucell va bilaynda esa faqatgina o'ziga ishlaydi

Xaqiqatan xam tariflari usel va beeline tariflaridan qimmat ekan qulayliklari deyarli yoq ekan

Xaqiqatan xam tariflari usel va beeline tariflaridan qimmat ekan qulayliklari deyarli yoq ekan


Добавить комментарий

avatar

Новости партнеров

Календарь новостей

«    Декабрь 2016    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031 

Мы Онлайн