Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

Toshkentdagi BM Store onlayn-do‘koni Facebook’dagi tanlov g‘olibining mukofotini bermadi

Автор: BEK Комментариев: 1            Просмотров: 1 909           Дата: 3-07-2014, 18:29          

Facebook’dagi “Potrebitel.uz” guruhi sahifasida barchani adolat bilan ish yuritishga chorlovchi xabar paydo bo‘ldi. Xabar muallifi — Anton Kim Toshkentda faoliyat yurituvchi BM Store onlayn-do‘koni e’lon qilgan tanlovda g‘alaba qozondi. Biroq tanlovning g‘olibi 1-iyul 18:00 ga kelib o‘zgarib qolgan. Bu haqda iLike.uz blogi xabar berdi.

Anton Kim xabari. Foto: ilike.uzAnton Kim xabari. Foto: ilike.uz

Anton bu bir xato degan umidda BM Store ma’muriyatiga o‘zining haqligini isbotlovchi skrinshotlarni jo‘natdi. Ma’muriyat bilan bir necha bor bahslashib, barcha dalillarni jo‘natishiga qaramay, Anton Kim bu muammoni hal qilish uchun BM Store’ning Dubaydagi ma’muriyati bilan bog‘lanishi haqidagi taklifni oldi.

Anton Kim xabarda BM Store tanlovlarida ishtirok etishdan foyda yo‘qligini barcha manbalarni ko‘rsatgan holda isbotlab bergan. Xabar “Potrebitel.uz” guruhiga joylashtirilishi bilanoq unga mutaxassislar, tanlov qatnashchilari va boshqa shaxslar izoh berdi. Ma’lum bo‘lishicha, BM Store avvalgi tanlov g‘oliblarini ham taqdirlamagan. Ayrim izohlardan kompaniya ma’muriyatining tanlovlarda “tanish-bilish” siyosatini yuritishi “fosh bo‘ldi”.

Shunga qaramay, BM Store sahifasida "yangi g'olib" — Maksim Gajiyevni taqdirlash marosimidan lavhalar joylandi.

BM Store e'lon qilgan g'olib. Foto: ilike.uzBM Store e'lon qilgan g'olib. Foto: ilike.uz

Rasmni ko‘rgan foydalanuvchilar tanlov nohaq yakunlangani, aslida Anton Kim g‘olib bo‘lgani haqidagi turlicha izohlarni qoldirmoqda.

Toshkent vaqti bilan 16:00da ma’lum bo‘lishicha, ushbu shov-shuvdan so‘ng BM Store Facebook’dagi 5000 dan ortiq a’zosi bo‘lgan o‘z sahifasini o‘chirib tashladi. Sahifaga kirishga uringanda BM Store sahifasi o‘rniga Facebook bosh sahifasi ochilmoqda.




Похожие музыки

Похожие клипы

Комментарии пользователей

Nima bo'lsa ham yaxshi ish qilishmapti.


Добавить комментарий

avatar

Новости партнеров

Календарь новостей

«    Декабрь 2016    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031