Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

Click tizimining “Click-pomoshchnik” ilovasi sezilarli darajada yangilandi

Автор: ELLO Комментариев: 0            Просмотров: 1 590           Дата: 11-11-2014, 20:13          

Foto: gazeta.uz

O‘zining uch yilligi munosabati bilan Click kompaniyasi  smartfon egalari uchun ishlab chiqarilgan “Click-pomoshchnik” ilovasi sezilarli darajada yangilanib, Click foydalanuvchilariga taqdim qilinganini mamnuniyat bilan xabar qiladi, deya yozadi "Daryo" nashri.

Taqdim qilingan ilovaning eng asosiy yangiliklaridan biri bepul push-xabarnomalarni olish imkoniyatidir. Endilikda ularning kiritilishi natijasida ilova foydalanuvchilari har bir operatsiya muvaffaqiyatli oshirilganda qisqa 880 raqamdan yuborilgan pullik SMS-xabarnomalarni olmaydi. Ushbu SMS-xabarnomalar har birining narxi 0,005$ edi. Yangilangan ilova o‘rnatilgandan keyin 880 qisqa raqamdan keladigan barcha xabarnomalar internet kanali orqali bepul yetkaziladi.

Shu bilan birga ilovaga boshqa yangiliklar, xususan, yangi bo‘limlar kiritildi:

  • “Moi karti” (“Mening kartalarim”) bo‘limi orqali bir necha karta ulatgan foydalanuvchilar o‘z kartalarini operativ boshqarish imkoniyatiga ega bo‘ldi. Shu bo‘limda yana Duet kartalarni Click tizimiga ulatish imkoniyati ham joriy qilingan.
  • “Podderjka” (“Yordam”) bo‘limi orqali foydalanuvchilar Click tizimining eng so‘nggi yangiliklaridan xabardor bo‘lishi mumkin va to‘lovlar yuzasidan savollar paydo bo‘lganda ularni onlayn tarzda tun-u kun ishlaydigan qo‘llab-quvvatlash xizmatiga yuborishi mumkin.
  • “Vistavlenniye scheta” bo‘limida foydalanuvchiga chiqarilgan hisoblar ro‘yxati keltiriladi. Shu joyning o‘zida ushbu hisoblarni ko‘rish, ularni to‘lash yoki bekor qilish mumkin.

Foydalanuvchilarga qo‘shimcha qulaylik yaratish maqsadida bosh menyuda asosiy hisob raqamni tanlash uchun panel qo‘shildi. Xizmatlari va tovarlariga to‘lash mumkin bo‘lgan hamkorlar ro‘yxati kengaytirildi, ilovaning internet-kanal bo‘yicha ishlashi yaxshilandi va “Istoriya operatsiy” (Operatsiyalar tarixi) bo‘limi mukammallashtirildi.

Ilovaning yangi versiyasi Android operatsion tizimida ishlaydigan smartfonlar uchun taqdim qilindi. iOS tizimida ishlaydigan smartfonlar uchun esa yangilangan ilova yaqin vaqt ichida ishga tushadi.




Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar

Новости партнеров

Календарь новостей

«    Декабрь 2016    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031 

Мы Онлайн