Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

O‘zbekistonda yangi Samsung Galaxy Note 4 smartfoni 2,8 million so‘mdan sotila boshlandi

Автор: ELLO Комментариев: 0            Просмотров: 2 255           Дата: 21-10-2014, 03:04          

Sentabr boshida taqdim etilgan Samsung Galaxy Note 4 smartfoni Toshkent shahridagi “Fleshka” savdo majmuasida sotila boshlandi. Bu haqda Mobinfo.uz ma’lumotiga asoslanib “Parol” nashri xabar berdi.

Ushbu smartfon dizayni Note 3 bilan bir xil bo‘lib, ammo u Galaxy Alpha kabi metal ramkaga ega. Shuningdek, uning texnik xususiyatlari ancha yaxshilangan. Galaxy Note 4’ning old kamerasi 120 daraja burchak ostida surat oladi. Shu bois uning yordamida selfi surat olish ancha qulay. Uning old kamerasida ham panorama surat olish mumkin.

Unda 5,7 dyuym 2560×1440 pikselli Super AMOLED displey, 3,7 megapikselli old va 16 megapikselli orqa kamera, 3220 mA·soat quvvatga ega batareya, 3 Gb tezkor va MicroSD yordamida kengaytirish mumkin bo‘lgan 32 Gb ichki xotira o‘rnatilgan. Uning to‘rt va sakkiz yadroli protsessorga ega turlari bor.

Yangi gadjetda tezkor quvvatlash funksiyasi mavjud. Bu bilan u planshetofon batareyasi quvvatini 50 foizga to‘ldirish uchun 30 daqiqa sarflaydi. Galaxy Note 3 esa bu ish uchun 55 daqiqa sarf etar edi.

20-oktabr holatiga ko‘ra Galaxy Note 4 planshetofoni “Fleshka” savdo majmuasida 2 780 000 so‘mdan sotilmoqda. Eslatib o‘tamiz, ushbu majmuada ilk iPhone 6 smartfoni 5 550 000 so‘mdan sotilgan edi.




Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar

Новости партнеров

Календарь новостей

«    Декабрь 2016    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031