Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

Google, Microsoft va Facebook internetning halokati ehtimoli borligidan ogohlantirdi

Автор: ELLO Комментариев: 0            Просмотров: 1 326           Дата: 14-10-2014, 15:52          

Foto: noviyvek.uz

Google, Microsoft va Facebook kabi kompaniyalar AQSh maxsus xizmatlarining internetni nazorat qilishga urinishi xorijlik mijozlar AQSh axborot texnologiyalari kompaniyalari xizmatlaridan voz kechishiga va internetning milliy hududlarga bo‘linib ketishiga olib kelishi mumkinligidan xavotirda, deb xabar bermoqda “Noviy vek”, deya yozadi "Daryo" nashri.

Milliy xavfsizlik agentligining tanqidchisi bo‘lgan senator Ron Uayden tomonidan Palo Altoda tashkillashtirilgan konferensiyada yirik IT-kompaniyalar vakillari internetning milliy hududlarga bo‘linib ketishi oxir-oqibatda yagona internetning yo‘qolib ketishi mumkinligini taxmin qilgan.

Google direktorlar kengashi raisi Erik Shmidt AQSh Milliy xavfsizlik agentligining bu boradagi harakatlarini keskin tanqid qilgan. Daily Mail nashrining xabariga ko‘ra, Microsoft, Facebook, Dropbox kabi texnologiya kompaniyalari vakillari ham Shmidt bilan hamfikr ekanliklarini ma’lum qilgan.

AQSh Milliy xavfsizlik agentligi tekshiruvlari oqibatida internetning tarqalib ketishi mumkinligini 2013-yil dekabr oyida mashhur “Kasperskiy laboratoriyasi” bosh eksperti Aleksandr Gostev ham taxmin qilgan edi. Bu jarayonning boshlanishi sifatida Xitoyning “Buyuk Xitoy fayervoli” tarmog‘i, Germaniyaning davlat muassasalarida alohida tarmoq o‘rnatish loyihasi, Braziliyaning AQShninkiga muqobil boshqa internet-kanal o‘tkazish g‘oyasi kabi misollar keltirilgan.




Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar

Новости партнеров

Календарь новостей

«    Декабрь 2016    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031