Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

Rekord tezlikka ega kamera taqdim qilindi

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 24           Дата: 27-11-2016, 23:56          
Rekord tezlikka ega kamera taqdim qilindi

Kanadaning Kron Technologies startapi Chronos 1.4 kamerasini namoyish qildi. Bu kamera soniyasiga rekord sondagi – 21,6 mingta surat oladi. Loyihani ishlab chiqarish uchun Kickstarter saytida 5 soat davomida zarur mablag' yig'ib olindi.

Startapchilar 65 ming Kanada dollari yig'ishlari kerak bo'lgan. Biroq ayni vaqtga kelib 257 ming dollar investitsiya qilingan.

Kamera ilk investorlariga 3489 Kanada dollariga (2500 AQSh dollari) tushdi. Katta suratga olish tezligiga ega professilonal kameraga nisbatan Chronos 1.4 anchagina kamroq turadi.

Yangi kamera sekundiga 1500 tagacha kadrga ega tezlikda HD-video suratga oladi, uning maksimal tezligi esa minimal ko'rsatkichlarda soniyasiga 21,6 ming kadrgacha yetadi.

Kameraning suratga olish imkoniyati soniyasiga 1,4 gigapikselni tashkil qiladi. Suratga olish qobiliyati 1280x1024 nuqtaga teng. Quirlma ishlab chiqaruvchilarining aytishicha, suratga olishning yuqori tezligi sababli kamera xotirasi tezda to'lib qoladi. Shu sababli kamerada yetarlicha xotira bo'lishiga e`tiborni qaratish kerak, chunki 4 sekundlik video 8 GB keladi.

Qurilmaning KPOM-sensori 45 × 6,76 mm ni, piksel o'lchami esa 6,6 mkm ni tashkil qiladi. Kamera 5-dyuymli, 840×480 nuqta ko'rsatish qobiliyatiga ega ekran bilan ta`minlangan. Qurilma korpusi alyuminiydan tayyorlangan. Portlar tanlovi katta, shuning uchun bir-biri bilan mos kelmaslik borasida muammolar bo'lmaydi.

Rekord tezlikka ega kamera taqdim qilindi

Manba: Kun.uz


Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar

Новости партнеров

Календарь новостей

«    Декабрь 2016    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031 

Мы Онлайн