Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

Smartfonlar uchun haydovchilarning kamroq chalg'ishiga imkon beruvchi rejim yaratish taklif qilindi

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 22           Дата: 26-11-2016, 11:54          
Smartfonlar uchun haydovchilarning kamroq chalg'ishiga imkon beruvchi rejim yaratish taklif qilindi
Фото: © AP

AQSh yo'l xavfsizligi milliy ma`muriyati (NHTSA) mobil gadjyetlar uchun haydovchilarga mashina haydash vaqtida kamroq chalg'ishga imkon beruvchi o'ziga xos rejim – Driver Mode yaratishni taklif qildi. Bu haqda tashkilotning rasmiy saytida ma`lum qilindi.

Taxmin qilinishicha, mobil gadjyetlarning "avia-rejim" muqobili haydovchilar zarur funksiyalarni tez va oson topishlari uchun smartfon interfeysini soddalashtiradi. Mutaxassislarning fikricha, bunday yechim haydovchilar gadjyetlardan foydalanishga sarflaydigan vaqtni ancha kamaytiradi.

NHTSA’da gadjyetning bu rejimi ham qo'l bilan, ham avtomatik ravishda faollashishi kerak, deb hisoblashmoqda. Misol uchun, qurilma avtomobilning multimedia majmuasiga ulangan bo'lib, avtomobil esa harakatlanishni boshlaganda.

Loyiha yaratuvchilarining g'oyasiga ko'ra, Driver Mode nafaqat mobil qurilma interfeysini soddalashtirishi, balki haydash vaqtida ba`zi funksiyalarni to'liq o'chirib qo'yishi zarur. Misol uchun, video va suratlar ko'rish, kitoblar o'qish uchun dasturlarni o'chirib qo'yish.

Bundan avval AQShning yo'l xavfsizligi jamg'armasi AAA Foundation of Traffic Safety chop etgan tadqiqotga ko'ra, avtomobilning ba`zi funksiyalarini ovoz orqali boshqarish haydovchilarni mashina haydash vaqtida mobil gadjyetdan foydalanishdan ko'ra ko'proq chalg'itar ekan.

Manba: Kun.uz


Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar

Новости партнеров

Календарь новостей

«    Декабрь 2016    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031 

Мы Онлайн