Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

Toyota butun dunyo bo'ylab 833 mingta minivenini qaytarib olmoqda

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 32           Дата: 26-11-2016, 11:55          
Toyota butun dunyo bo'ylab 833 mingta minivenini qaytarib olmoqda
Фото: wsj.com

Yaponiyaning Toyota avtogiganti eshikdagi nosozlik tufayli butun dunyo bo'ylab 833 mingta Sienna minivenini qaytarib olmoqda. Bu haqda USA Today nashri xabar bermoqda.

Modelning 2011-2016 yillarda ishlab chiqarilgan nusxalari qaytarib olinmoqda. Aksariyat mashinalar (744 mingta) AQShdan qaytarilib olinmoqda. Ularda surilib chiquvchi eshiklarda nosozlik aniqlangan, ular harakat vaqtida o'z-o'zidan ochilib ketishi mumkin. Bu eshikning surilishiga nimadir xalaqit bersa va eshik blokiratori dezaktivatsiyalanishiga olib keluvchi elektr zanjiridagi ortiqcha yuklanish paydo bo'lganda yuz beradi.

Toyota butun dunyo bo'ylab 833 mingta minivenini qaytarib olmoqda
toyotaonthetrail.ca

Kompaniyada bu kamchilikdan jabrlanganlar bo'lgani ma`lum qilinmagan. Kompaniya bu nuqsonni bartaraf etish ustida ishlamoqda va 2017 yilning yanvar o'rtalarida nosoz bo'lishi mumkin bo'lgan mashinalar haydovchilariga ta`mirlash ishlarini o'tkazish uchun xizmat ko'rsatish markazlariga kelish haqida ogohlantirishlar yubormoqchi. Ta`mirlash ishlari kompaniya hisobidan qoplanadi.

Aytish joizki, ushbu model bozordan birinchi marta qaytarilib olinishi emas. 2014 yilda kompaniya mashina tagida o'rnatilgan zaxira g'ildiragi mahkamligichidagi nuqson tufayli 450 mingta mashinani qaytarib olgandi.

Manba: Kun.uz


Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar

Новости партнеров

Календарь новостей

«    Декабрь 2016    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031