Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

Xiaomi o'z smartfonlari sotuvidan daromad olmayotganini tan oldi

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 25           Дата: 26-11-2016, 11:50          
Xiaomi o'z smartfonlari sotuvidan daromad olmayotganini tan oldi
Фото: Reuters

Xiaomi vitse-prezidenti Xyugo Barra Reuters bilan suhbatda nima uchun uning kompaniyasi butun dunyo bo'ylab smartfonlar sotuvining pasayishidan (12 foizga) u qadar zarar ko'rmasligiga izoh berdi.

"Biz smartfonlarni ishlab chiqarishdan foyda ko'rmaymiz. Bizni ko'proq uzoq muddatli daromad manbalari qiziqtiradi. Kompaniya 10 milliardlab smartfon sotib, bundan umuman foyda ko'rmasligi mumkin".

Xyugo Barra, Xiaomi vitse-prezidenti

Barraning so'zlariga ko'ra, Xiaomi o'zining boshqa turdagi mahsulotlari - dasturiy ta`minot, servislar va "aqlli uy"dan daromad olishga umid qilmoqda.

TechCrunch'da ta`kidlanishicha, Xiaomi kompaniyasining ishga yondashuvi u ko'pincha qiyoslanadigan Apple'ga emas, Amazon'ga yaqinroq. Xiaomi o'z qurilmasini minimal narxda sotadi, sotuvdan tushgan pullar faqat ularni ishlab chiqarish va yetkazishni qoplaydi. Amazon bir martagina o'z telefoni sotuvini yo'lga qo'yganda muvaffaqiyatsizlikka duch keldi, Xiaomi qurilmalari esa xaridorlarni o'ziga jalb qiladi.

Bugungi kunda smartfonlar sotuvidan daromad ko'rayotgan yagona kompaniya - Apple. 2016 yilning uchinchi choragida bu sohadagi operatsion daromadning 104 foizi unga to'g'ri keldi (raqamlarning 100 foizdan yuqoriligiga sabab - raqiblarning bu borada tanazzulga uchraganligi). Samsung bu bozorda o'z smartfonlarining 20 foizini sotgan bo'lsa-da, u umumiy operatsion daromadning atigi 0,9 foiziga ega bo'ldi.

Manba: Kun.uz


Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar

Новости партнеров

Календарь новостей

«    Декабрь 2016    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031 

Мы Онлайн