Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

AskDoctor. Salomatligiga befarq bo'lmaganlar uchun yangi mobil ilova

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 55           Дата: 25-11-2016, 13:02          
AskDoctor. Salomatligiga befarq bo'lmaganlar uchun yangi mobil ilova

“AskDoctor loyihasi haqida Facebook orqali xabar topdim. Loyihaning ijtimoiy tarmoqdagi sahifasini kuzatib, salomatligimiz to'g'risida ko'p ma`lumotlar oldim. Keyin smartfonimga AskDoctor mobil ilovasini yuklab oldim”, — deydi Anvar Muratov. “Belim og'riganda ilovadagi shifokorlardan biriga murojaat qilganimda, shikoyatim bilan batafsil tanishgan mutaxassis foydali tavsiyalar berdi”.

AskDoctor. Salomatligiga befarq bo'lmaganlar uchun yangi mobil ilova

Foydalanuvchining aytishicha, salomatligiga e`tiborli har qanday insonni befarq qoldirmaydigan AskDoctor mobil ilovasi sog'liq bilan biror muammo paydo bo'lganda qaysi shifokor va qaysi shifoxonaga borishni aniqlash uchun zo'r imkoniyat. Undan tashqari, kasalliklarni oldini olish va sog'lom hayot kechirish uchun ham malakali mutaxassislardan beg'araz maslahatlar olish mumkin.

Yaxshi shifokor kerak bo'lsa

AskDoctor. Salomatligiga befarq bo'lmaganlar uchun yangi mobil ilova

Biror yerimiz bezovta qilsa, yaxshi shifokor qidirib qolamiz. Albatta, bugun odamlarga foydasi tekkan, ko'pchilik “qo'li yengil” deb ta`riflaydigan shifokorni an`anaviy “surishtirish yo'li” bilan izlab topish oson emas. Yangi loyiha sharofati bilan endi O'zbekistonning eng nufuzli klinikalari, ular haqidagi so'nggi yangiliklar va tajribali shifokorlar haqidagi ochiq ma`lumotlar bazasi mavjud! Shuningdek, jamoatchilik fikri, foydalanuvchilarning baholari asosida shakllanadigan reyting sizga yaxshi doktor topishda ishonchli yo'lboshchi bo'ladi.

O'nlab klinikalar, barcha mutaxassisliklar bo'yicha 100 dan ziyod mutaxassis... Ularni ko'rib chiqish uchun AskDoctor.uz veb saxifasiga kirish yoki shu nomdagi maxsus mobil ilovani AppStore/Playmarket internet do'konidan BePUL yuklab olish kifoya.

Shifokor qabuliga navbat kutish — endi o'tmish

AskDoctor. Salomatligiga befarq bo'lmaganlar uchun yangi mobil ilova

Malakali shifokorlar, ularning ish tajribasi va yutuqlari haqidagi to'liq ma`lumot olishdan tashqari siz u shifokorlarga to'g'ridan to'g'ri murojaat qilishingiz mumkin. “Shifokor kabuliga kelganda uzok navbatlar, kon taxlili va boshka mutaxassislarga yuborishi, odamni kupincha kiynab kuyadi. Aslida shifokor va mijoz urtasidagi bu mulokotni osonlashtirish yuli bor”, — deya tushuntiradi AskDoctor loyihasi rahbari Jaloliddin Asamutdinov. “Xizmatimiz yordamida bemor nima bezovta qilayotgani, isitmasi, qon bosimi haqidagi ma`lumotni yoki shifokorni qiziqtirgan boshqa axborotni bersa, vrachda xastalik haqida dastlabki tasavvur uyg'onib, ba`zi diagnostika natijalari (UTD, tomografiya, EKG) bilan ma`lum vaqtda klinikaga kelishi bo'yicha ko'rsatma oladi.”

AskDoctor. Salomatligiga befarq bo'lmaganlar uchun yangi mobil ilova

Shu orqali shifokorlar hattoki o'z mijozlari oqimini boshqarish imkoniyatiga ham ega bo'ladi. Ovoragarchiliklarga ham yo'l qo'yilmaydi.

Konfidentsiallik va tibbiy madaniyat

Bugun dunyoda, shu jumladan O'zbekistonda texnologiyalar juda rivojlangan. Borgan sari internet foydalnuvchilari soni ortmoqda. Bu esa bizning sohamizda ham yangi imkoniyatlarga yo'l ochishi mumkin. AskDoctor bunga yaqqol misol”, — deydi shifokor Qobiljon Ergashev. “Shifokor va bemor o'rtasida ushbu onlayn platforma bo'lishi mutaxassislarga oxirgi paytlarda qaysi yo'nalishlar bo'yicha aholida savollar ko'pligini o'rganishga yordam berishi bilan ham foydali.

AskDoctor. Salomatligiga befarq bo'lmaganlar uchun yangi mobil ilova

Malasaning boshqa tomoni shuki, urolog sifatida shuni aytishim mumkin, bizda mentalitet tufayli hamma ham jinsiy salomatlikka oid savolini ochiqchasiga so'ray olmaydi. Mobil ilovada shaxsiy xabarlar konfidentsial bo'lgani uchun ana shu to'siqqa barham beriladi. Misol uchun, shu paytgacha menga jinsiy yo'l bilan yuquvchi kasalliklar, ularni oldini olish va davolash, bepushtlik va bizning regionga xos buyrak tosh kasalliklari bo'yicha murojaatlar keldi. Ularga professional javoblar berib kelmoqdamiz.”

AskDoctor. Salomatligiga befarq bo'lmaganlar uchun yangi mobil ilova

Inson o'z salomatligiga dahldor to'g'ri va ishonchli ma`lumot olishga haqli. Bu loyiha nafaqat bemorlar uchun qo'l keladi. Balki u har kimga o'z tibbiy savodxonligini oshirish imkoniyatini yaratadi.

Sifatli tibbiy xizmatlar sari

AskDoctor. Salomatligiga befarq bo'lmaganlar uchun yangi mobil ilova

Smartfoningiz mobil ilovalari ro'yxatidan AskDoctor o'rin olgach, shifokorlarning sizga onlayn ravishda ko'rsatgan xizmatlariga qarab, ularga baho berishingiz mumkin. Foydasi tegsa, ko'proq yulduz, qoniqmasangiz kamroq. “Tez orada shifokorlar o'rtasida rakobat o'sgani sari tibbiyot sohasi yanada rivojlanishiga turtki bo'ladi”, — deydi Jaloliddin Asamutdinov.

AskDoctor. Salomatligiga befarq bo'lmaganlar uchun yangi mobil ilova

Shuningdek, loyiha jamoasi foydalanuvchilar uchun yana bir qulaylik yaratish ustida ishlayapti. Tez kunda shifokor va bemor o'rtasida mobil ilova orqali videoaloqa ishga tushishi ham va`da qilinmoqda.

AskDoctor. Salomatligiga befarq bo'lmaganlar uchun yangi mobil ilova



AskDoctor.uz sayti: www.askdoctor.uz



Apple Store: http://bit.ly/askdoctor-for-ios



Google/Play Market: http://bit.ly/askdoctor-for-android



Facebook: http://bit.ly/askdoctor-in-facebook



Telegram: https://telegram.me/askdoctor



Instagram: @askdoctoruz

Reklama huquqi asosida

Manba: Kun.uz


Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar

Новости партнеров

Календарь новостей

«    Декабрь 2016    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031 

Мы Онлайн