Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

Xiaomi radio va qo'ng'iroq soatli Bluetooth-ustunni (kolonka) taqdim etdi

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 78           Дата: 24-11-2016, 02:53          
Xiaomi radio va qo'ng'iroq soatli Bluetooth-ustunni (kolonka) taqdim etdi

Uyda dam olayotib yoki biror bir ish bilan shug'ullanayotib, radio tinglashni yoqtirasizmi? Xiaomi'ning onlayn-radiotranslyatsiyalarni qo'llovchi yangi Bluetooth-ustuni sizning deyarli barcha istaklaringizni amalga oshiradi. "Layfxaker" yangi texnologiya haqida ma`lumot berdi.

Ushbu qurilma Xiaomi kompaniyasining debyuti emas. Radioqurilmaning 2016 yilda namoyish etilgan bundan avvalgi namunasi sensor boshqaruvga ega bo'lgan va internetga tashqi uskunalar yordamida ulangan. Buning uchun Mi Home ilovasiga ulanish va onlayn-translyatsiyadan bahra olish kerak bo'ladi. Biroq unda gadjyet smartfondan boshqarilmas edi, u to'liq statsionar bo'lib, faqat 220 V tok manbaida ishlar edi.

Yangi radioqurilma eskisining barcha kamchiliklardan xoli bo'ldi, tashqi ko'rinishi ham o'zgardi va to'laqonli Bluetooth-ustunga aylantirildi. Endi esa tanlangan pley-listni tinglash uchun havo orqali spikerga ulanishning o'zi kifoya.

Ishlab chiqaruvchi qurilmani batareya bilan ta`minlamadi. Ehtimol, qurilma o'lchamlari va og'irligi mobillikdan voz kechishga sabab bo'lgandir. Masalan, uning vazni 1,5 kilogrammdan ortiq, analoglari esa 1 kilogrammga arang yetadi.

Gadjyet Amlogic 8726M3 protsessori, 8 Gb flesh-xotira va 2,5 dyuymli sabvuferlarga ega. Interfeyslardan 4.1 standart Bluetooth, 2.0 USB, shuningdek 3,5 millimetrli konnektor bilan ta`minlangan. Simsiz ulanishning iloji bo'lmagan taqdirda, AUX-ulagich kerak bo'ladi.

Xiaomi radio va qo'ng'iroq soatli Bluetooth-ustunni (kolonka) taqdim etdi

Xiaomi radio va qo'ng'iroq soatli Bluetooth-ustunni (kolonka) taqdim etdi

Xiaomi radio va qo'ng'iroq soatli Bluetooth-ustunni (kolonka) taqdim etdi

Yangi texnikadagi 1500dan ortiq stansiya, ovozli boshqaruv va qo'ng'iroqli soat imkoniyatlari texnikasevarlarni befarq qoldirmaydi. Istalgan vaqtni belgilang - qurilma tanlangan sozlamaga qarab, musiqa tovushini asta - sekinlik bilan ko'tarib, sizni uyqudan uyg'otadi.

Xiaomi radio va qo'ng'iroq soatli Bluetooth-ustunni (kolonka) taqdim etdi

Xiaomi radio va qo'ng'iroq soatli Bluetooth-ustunni (kolonka) taqdim etdi

Xiaomi radio va qo'ng'iroq soatli Bluetooth-ustunni (kolonka) taqdim etdi

Yangi radioqurilma 25 noyabrdan boshlab Xitoyda 58 dollardan sotuvga qo'yiladi.

Manba: Kun.uz


Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar

Новости партнеров

Календарь новостей

«    Декабрь 2016    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031 

Мы Онлайн